Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Real Madrid»ning afsonaviy sardori

«Real Madrid»ning afsonaviy sardori

Baho:
+ | -1

Raul Gonsales nomi tobora ko‘plab muxlislarning yodidan chiqib bormoqda. «Real Madrid» deganda futbol ishqibozlarining ko‘z oldiga haliagcha Krishtianu Ronaldu kelsa, ajab emas. To‘g‘ri, Ronaldu «qaymoqranglilar» uchun 500ga yaqin gollar urib, o‘z nomini tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitib qo‘ydi, lekin «qirollik klubi» safida yana kamtarin, lekin buyuk bir futbolchi bor edi-ki, uni hozirda ko‘pchilik yodidan ham chiqarib yuborgan bo‘lsa kerak.

Raul Gonsales aslida futbolning ilk sir-asrorlarini «Atletiko Madrid» safida o‘rganadi. Keyinchalik «matraschilar» akademiyasi o‘quvchilari sonini keskin kamaytirishadi, oqibatda, Raul «Real Madrid» safiga borib qo‘shiladi.

Uning «qaymoq ranglilar» safidagi debyuti ancha erta boshlanadi. 18 yoshidayoq betakror texnika egasi sifatida ajralib turgan Raul tez orada asosiy tarkibda ko‘rinish bera boshlaydi.

U butsasini mixga ilgani haqidagi xabar tarqalgan kuni Stiv Makmanaman ajoyib fikr bildirgan edi:

"Afsus zamonaviy futbol tobora robotlar o‘yiniga o‘xshab bormoqda. Robotlar orasidagi kam sonli texnika egalaridan biri bugun futbolni abadiy tark etdi. Afsuski, unga o‘xshagan nozik texnika egasi boshqa futbol olamida uchramasa kerak. Uning texnikasi meni har doim hayratda qoldirgan. Men ko‘plab yulduzlar bilan to‘p tepganman, lekin unga o‘xshash mehribon va oqko‘ngil futbol yulduzini boshqa ko‘rmadim. Safarlarda hamma o‘zini nima bilandir mashg‘ul qilar, u esa doim kitob o‘qirdi. U tom ma’nodagi sardor edi".

«Real Madrid» tepasiga Florentino Peres kelgach, avvaldan bergan va’dasida turadi va jamoaga birin-ketin superyulduzlarni jamlay boshlaydi. Avvaliga Ronaldo, Bekxem, Zidan, Figo jamoaga kelgach, Peres oradan ko‘p otmay, Maykl Ouenni ham safga qo‘shib oladi. Qahramonimiz dunyoning superyulduzlari safida yo‘qolib qolmadi. Sardor sifatida «dunyo terma jamoasi»ning g‘alabalariga munosib hissa qo‘sha oldi.

Raul haqida Zayniddin Zidanning qiziq bir jumlasini keltirib o‘tmasak, o‘quvchilar bizdan xafa bo‘lishsa kerak.

"Raul «Barselona» muxlislari hurmat bilan eslaydigan kam sonli o‘yinchilardan biri edi. U nafaqat Kataloniya, balki boshqa jamoalar safida ham gol ursa, hech qachon raqiblarni kamsitish yoki mazah qilish uslubida golni nishonlamas, shunchaki qo‘lidagi uzugini o‘pib qo‘yardi".

Raul jamoaga Krishtianu Ronaldu kelgach, asta-sekinlik bilan zaxiraga mixlanayotganini sezadi. O‘sha paytlari u ko‘plab klub faxriylari singari jamoa bilan uzoq yillik shartnoma tuzib olishdek pastkashlikdan o‘zini olib qochadi va klubni o‘z xohishi bilan tark etadi.

Xayrlashuv oqshomida futbol muxlislari uni so‘nggi bor «qaymoqrang» libosda ko‘rishadi. Raul o‘z vaqtida, hurmat va ehtrom bilan sodiq klubini tark etadi.

Keyingi bekat sifatida ko‘pchilik uni pul ishlash uchun Yevropa qit’asidan uzoqroqqa ketishini taxmin qiladi, lekin qahramonimiz yana ikki yil «Shalke-04» jamoasida to‘p suradi. Eng qizig‘i shundaki, Raul o‘z iqtidorini yana bir namoish etadi va «Shalke-04» safida ellikka yaqin gollar kiritadi.

Raul haqidagi kichkina maqolamizni Bekxem tomonidan u haqida aytilgan so‘zlar bilan yakunlaymiz.

«Real»ga kelgach, menga 7-raqamni berishlarini istab klub rahbariyatiga murojaat qildim. Ertasi kuni «Real Madrid»ning ilk mashg‘ulotlarda qatnashdim. Raul bilan 2 soat mobaynida birga shug‘illandik va men darhol o‘zimga boshqa raqam topish haqida o‘ylab qoldim. Sababi, bu raqam bu jamoada bu yigitdan boshqasiga munosib emas ekanini tushunib yetdim”.

 


Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:00, 21.01.2019.
O'qildi: 9584 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.