Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sardorlarni eslab… «Milan»ning abadiy sardori

Sardorlarni eslab… «Milan»ning abadiy sardori

Baho:
+ | -

«Milan» jamoasining sobiq futbolchisi Chezare Maldini 3 nafar qizdan so‘ng uzoq kutilgan o‘g‘il farzandli bo‘ladi. Bu chaqaloqqa Paolo deya ism qo‘ygan ota o‘g‘li o‘zidanda mashhurroq futbolchi bo‘lib kamolga yetishishini orzu qilgan bo‘lsa, ajab emas...

Paolo Maldini «Milan» jamoasi safida 16 yoshida debyut o‘yinini o‘tkazadi. Yosh iqtidor egasi ko‘p o‘tmay jamoaning almashtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylanadi. O‘z karyerasini qanot himoyachisi sifatida boshlagan qahramonimiz shu qanotni o‘ziniki qilib oladi. To‘g‘ri, Maldini yoshi 30 dan oshgandan so‘ng qanot himoyachisidan asta-sekinlik bilan ajoyib markaziy himoyachiga aylangan, lekin uning eng ajoyib damlari aynan qanot himoyachisi bo‘lib to‘p surgan davrlariga to‘g‘ri keladi.

Maldini "rossoneri" safida 900dan ortiqroq uchrashuvda maydonga tushadi. Bir necha bor «Skudeto» va besh bor CHL kubogini boshi uzra ko‘taradi. Umuman olganda, klublar doirasidagi jamiki sovrinlarni qo‘lga kiritgan qahramonimiz o‘z klubining benazir futbolchisi edi.

Maldini terma jamoa bilan JCH finali va Yevro chempionati finallarida mag‘lubiyatga uchraydi.

Eng achinarlisi, 2002-yilda Janubiy Koreya va Yaponiya yashil maydonlarida kechgan Jahon chempionatida koreyslardan qabul qilib olingan mag‘lubiyatda ko‘pchilik Maldinini tanqid ostiga oladi. Maldini esa terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi va 2006-yilgi mundial o‘yinlarini muxlislar qatorida kuzatadi...

Maldinining hayot yo‘llaridagi yana bir o‘ta og‘ir zarba 2005-yil Istanbuldagi final desak, adashmagan bo‘lamiz. Avvaliga 52-soniyada Maldini «Milan»ni hisobda oldinga olib chiqadi. Taym so‘nggigacha «Milan» «Liverpul» darvozasiga yana ikkita to‘p kiritadi va deyarli g‘alabani cho‘ntakka solgancha tanaffusga chiqib ketadi. U yog‘iga nima bo‘lgani futbol ishqibozlariga ayon bo‘lsa kerak.

Istanbuldagi o‘sha oqshom «Milan»ning boshiga osmon qulab ketgan edi – xotirlaydi klub tifozilari...

Bu mag‘lubiyatdan so‘ng 37 yoshlik Maldini jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ladi. Ko‘plab futbol mutaxassislari bu Maldinining so‘nggi bekati deya e’lon qilishni boshlaydi. Eski maktabning eng oxirgi bitiruvchilaridan biri bo‘lgan Paolo jangchilarga xos xarakter namoyish etadi va yana bir necha mavsum mobaynida «Milan» sharafini munosib himoya qiladi. Ayniqsa, 2007-yili Afina shahridagi «Liverpul»ga qarshi kechgan uchrashuvda «Milan» juda ham alamli mag‘lubiyat uchun «mersasaydliklar»dan o‘ch oladi...

2009-yil 31-may kuni Italiya futbol afsonasi 39 yoshida o‘zining so‘nggi uchrashuvida «Fiorentina»ga qarshi maydonga tushadi. U maydonni boshqa yulduzlar singari ko‘z yoshlar bilan emas, yuzida o‘sha mashhur tabassum bilan tark etadi.

Keyinchalik uni klub strukturasida, murabbiylikda, skautlikda o‘zini sinab ko‘rishini taklif etishadi. Maldini esa o‘zining fishkasiga aylangan yoqimli jilmayishi bilan futbolga oid hamma takliflarni rad etadi...

Unga tegishli bo‘lgan 3-raqam mana 10 yildan beri Paologa bo‘lgan hurmat evaziga «muzlatilgan». O‘ylashimcha, bu futbolka yaqin yillarda hech kimga nasib etmaydi. Sababi, Maldini singari o‘z jamosi uchun 25 yil to‘p suradigan jonkuyar futbolchilar hali beri topilmasa kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 22.01.2019.
O'qildi: 6194 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.