Osiyo Kubogi biz uchun yakuniga yetdi. Avstraliyaga qarshi kechgan qiyin bahsda 120 daqiqa darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldi. Ammo penaltilar seriyasida omad bizdan yuz o‘girdi. Hayot davom etadi. Biz Osiyo Kubogida munosib ishtirok etdik. Ketma ket ikkita chempion - Yaponiya va Avstraliyaga qarshi to‘p surdik. Bu o‘yinlarda Osiyo grandlaridan aslo kam emasligimizni namoyish qila oldik.
Muhimi Ektor Kuper mehnatlarining samarasi ko‘rinmoqda. Terma jamoamizning kelajagi bor. Agar mana shu ruhda o‘ynashda, tayyorgarlik ko‘rishda davom etsak, Jahon chempionati saralashida albatta o‘z maqsadimizga yetamiz. Xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Kuper va futbolchilar Osiyo Kubogi davomida bizni shunga ishontira olishdi. Buning uchun ularga rahmat aytib qolamiz. Ha, biz Osiyo Kubogida finalga qadar yetib bormoqchi edik.
Yurtimizga Osiyo Kubogi bilan birga qaytmoqchi edik. Biz harakat qildik. Biz kurashdik. Maydonda borimizni berdik. Muxlislar ham buni ko‘rishdi. Terma jamoamizni Avstraliyaga qarshi o‘yindan keyin olqishlar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Bugun O‘zbekistonga qaytib keldik. Samolyotda, aeroportda bizni uchratganlar faqat va faqat iliq fikrlarni bildirishdi. Yaxshi gaplar bilan futbolchilarning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qilishdi.
Bunaqasi hali bo‘lmagan. Terma jamoa nimchorak finaldan ortga qaytdi. Ketma ket ikkita o‘yinda imkoniyatni boy berdi.
Lekin hamma rozi terma jamoamizdan. To‘g‘ri, xato va kamchiliklar bor. Bu musobaqa ojiz nuqtalarimizni ham ko‘rsatib berdi. Endi ana shu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz. Toshkentga qo‘nganimizdan keyin Ektor Kuper va uning yordamchilari yuklarini olishgandan keyin barcha futbolchilar, shifokor, massajchi, matbuot xizmati xodimlari, administratorlar - barcha-barcha bilan birma-bir xayrlashishdi. "Endi faqat Jahon chempionati haqida o‘ylanglar", - deb aytishdi futbolchilarga.
Oldinda bizni Jahon chempionati saralashi kutmoqda. Osiyo Kubogi davomida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha barchaga - O‘FA rahbariyatidan tortib oddiy muxlislargacha minnatdorchilik bildirib o‘tamiz. Biz Sizlarning daldangizni his qilib turdik. Buning uchun Sizga katta rahmat. Bir oila bo‘lib bir maqsad yo‘lida birlashdik. Hali o‘z maqsadimizga yetganimiz yo‘q. Hali katta g‘alabalar oldinda. Biz hali o‘z so‘zimizni aytamiz!
Abduqodir Husanov «PSJ» darvozasiga gol urdi (video) [6324]
«Lans» - «PSJ» o‘yinida Husanovga necha ball qo‘yildi? [4096]
Salohning APL tarixida bunday natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi [3719]
Ana xolos! Bir kunda uch murabbiy... [3283]
Pep "Siti"siga sig‘maganlar hozir qayerda? [2913]
La liga. «Real Madrid» - «Sevilya» - 4:2. O‘yin statistikasi va videosharhi [2763]
"Real" futbolchisi jamoani tark etadi, sababi... [2354]
"Manchester Yunayted" uchta futbolchi uchun 200 million yevro sarflashi mumkin [2300]
APL. To‘qqizta gol urilgan o‘yinda «Liverpul» safarda «Tottenhem»ni taslim etdi [2290]