Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Rasman! Doston Hamdamov ham «Paxtakor» klubiga o‘tadi

Rasman! Doston Hamdamov ham «Paxtakor» klubiga o‘tadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dostonbek Hamdamov faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettiradi. Transfer huquqi Mahachqal’aning “Anji” klubiga tegishli bo‘lgan bu futbolchi yaqin vaqtlar ichida Toshkentning «Paxtakor» klubi safiga qo‘shiladi. 

Futbolchining ma’lum qilishicha, u “sherlar” bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va yangi klubida 17-raqamli futbolkada to‘p suradi. Ayni vaqtda “Anji” Kislovodsk shahrida 27 nafar futbolchi bilan yig‘in o‘tkazmoqda, ular orasida Hamdamov yo‘q. U ayni vaqtda, Osiyo Kubogidan keyin Toshkentga qaytgan. Yaqin vaqtlar ichida tomonlar transfer haqida rasman e’lon qilishi kutilmoqda. 

Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan Dostonbek Hamdamov futbolchilik faoliyatini Sirdaryoning “Yangiyer” klubida boshlagan, keyin “Bunyodkor” akademiyasiga o‘tgan. U 2014 yilda “qaldirg‘ochlar”ning asosiy tarkibida debyut qilgan va jamoada 3 mavsum davomida to‘p surgan. U bu davr mobaynida jamoa uchun 82 o‘yin o‘tkazib, 33 gol urgan, jamoa bilan bir marta O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. "Anji" 2018 yil bahorida uni o‘z safiga qo‘shib olgan va u bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi. 

Dostonbek Hamdamov 2013 yilda O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi bo‘lgan, 2014-15 yillarda O‘zbekiston yoshlar jamoasida, 2016 yildan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida mamlakat sharafini himoya qilgan. 2016 yilda milliy terma jamoaga chaqirilgan. U 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. 

“Paxtakor” bundan oldinroq “Bunyodkor”ning sobiq futbolchilari Akrom Komilov va Sardor Sobirxo‘jayev, shuningdek, “Navbahor”dan Aziz Turg‘unboyevni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Manba: WorldNews
Kiritildi: 12:36, 23.01.2019.
O'qildi: 9901 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.