Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Fazliddin G‘oibnazarovga «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni topshirildi

Fazliddin G‘oibnazarovga «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida olimpiada harakatini targ‘ib etishdagi faol ishtiroki, Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi yuksak sport mahorati va mardligi, xalqaro sport maydonlarida O‘zbekistonning nufuzi va obro‘-e’tiborini oshirishga qo‘shgan hissasini inobatga olib Fazliddin G‘oibnazarov “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taniqli sportchimizga mazkur mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev topshirdi.

Vazir Dilmurod Nabiyev Fazliddin G‘oibnazarovga yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sportchimizning yutuqlari yoshlarimiz orasida boksga, umuman sportga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi hamda vazirlik bundan keyin ham bokschimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Endilikda professional boks bilan jiddiy shug‘ullana boshlagan Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining dastlabki bir necha jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, ko‘zlangan maqsad sari – jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun dadil qadam tashlamoqda. Shuning barobarida u yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda ham juda faol.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov 19 yanvar kuni Nyu-Yorkda dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazib, raqibini uchinchi raunddayoq taslim etib, g‘alaba qozondi. U hozirgacha professional boksda o‘tkazgan barcha yettita jangida g‘alaba qozongan, to‘rt marta raqiblarini nokautga uchratgan.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 14:00, 23.01.2019.
O'qildi: 2394 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.