Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hakamlar erkatoyi BAA, yoki noloyiq Yaponiya, yoki Yevropalashayotgan Qatar…

Hakamlar erkatoyi BAA, yoki noloyiq Yaponiya, yoki Yevropalashayotgan Qatar…

Baho:
+1 | -

1-qism

Darhaqiqat,milliy terma jamoamiz turnirni tark etgach, Osiyo kubogiga bo‘lgan qiziqish yurtimizda keskin pasayib ketdi, lekin uchrashuvlar tobora qiziqarliroq tus olib bormoqda. Bugun turnirdagi ayrim jamoalarga qisqacha to‘xtalamiz

Barchani hayratda qoldirayotgan Qatar!

Bu jamoa avvaliga o‘z guruhida Saudiya Arabistoni termasini juda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatib mag‘lubiyatga uchratdi, so‘ng arablar uchun eng noqulay raqib sanaladigan Iroq termasini uyiga kuzatib yubordi. Feliks Sanchez Bass boshchiligidagi Qatar termasi avvalgi darajasidan ancha ko‘tarilgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Jamoa to‘liq Yevropa futbolini ko‘rsatmoqda. O‘yin ham asosan raqib maydoni atrofida o‘tmoqda. Qatar Osiyo kubogi doirasida birorta o‘yinda himoyada yotib olgani yo‘q. Murabbiy o‘z falsafasini Qatar termasiga yaxshiga singdirgan ko‘rinadi. Ular yarim final ostonasida turishibdi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari Janubiy Koreyanikidan kam demagan bo‘lardim. Imkoniyat teng va u ikki jamoada ham mavjud.

G‘oliblikka noloyiq Yaponiya…

Bu jamoa birinchi bo‘lib turnirning yarim finaliga yo‘l olganidan xabaringiz bor. Ancha yillardan beri bu qadar ojiz Yaponiya terma jamoasini ko‘rmagan edik. Kecha Vetnam termasiga qarshi o‘yinda ham «samuray»lar katta qiyinchilik evaziga g‘alaba qozonishdi. Saudiya Arabistoni bilan ham huddi shunday o‘yin senariysi kuzatilgandi. Yaponiya hozircha o‘z darjasidagi raqiblar bilan uchrashganicha yo‘q.Vetnam va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘yin oldidan Yaponiyaga psixologik yutkazib bo‘lishgan edi.Bu jamoa katta ehtimol bilan yarim finaldan u yog‘iga o‘ta olmasa kerak. Sababi, yarim finalda o‘zlarining vazn toifasidagi raqib bilan olishishlariga to‘gri keladi. Futbol muxlislari uchun Yaponiya yarim finalda to‘xtasa, ayni muddao. Sababi, bunday o‘yin bilan ular Osiyo kubogining finalini ham zerikarli futbolga aylantirib yuborishlari aniq

Hakamlarning erkatoyi BAA termasi haqida!

Darhaqiqat, Zakeroni shogirdlari avvaliga Osiyo kuboklari tarixidagi eng kuchsiz guruhda qolib ketishlariga sal qoldi. Keyin qo‘shnilarimiz bilan o‘yinda juda katta talofatlar bilan g‘alaba qozonishdi. Men faqatgina o‘sha uchrashuvda qo‘shimcha taymlarda berilgan penaltiga asoslanib bu o‘yinni misol qilib keltirmayapman. BAA turnirda birorta o‘yinda yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. Katta ehtimol bilan Avstraliya hakamlarning erkatoy jamoasini so‘nggi manzilga kuzatib qo‘ysa, ajab emas. Agar qayerdandir penaltiy yoki Avstraliya terma jamoasi jarima maydoni atrofida foullar ko‘payib ketmasa BAAning keyingi bosqich uchun imkoniyati yoq.

Eronning o‘yinlaridan chempionlikning hidi kelmoqda!

Forslar ancha yillardan beri kutayotgan kubokka ancha yaqinlashib qolishdi. Hozir ular yarim finalda nafaqat Osiyoning grand jamoasi, balki, Yevropaning grand termasi bo‘lsa ham yenga olishadi. Tarkib kuchli bo‘lgani uchun emas, xohish o‘ta kuchli bo‘lgani uchun! Eron o‘yindan - o‘yinga ochilib bormoqda. Tarkibdagi futbolchilar ham sheriklarini juda yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. Qisqacha qilib aytganda, Eron mexanizmi soatdak ishlamoqda!

Bu avlod oltin avlod emas edi. Shunchaki, Karles Keyrush Eron uchun ideal taktika va strategiyani yaratdi va uni amalga tadbiq qildi. Albatta, bu g‘alabalar birdaniga kelgani yo‘q. Eron futbol federasiyasi Keyrushga oxirigacha ishondi va mana hozir o‘sha ishonchning mevasini ko‘rib turibmiz. Umuman olganda Eron bu turnirda eng yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatayotgan terma jamoa. Forslar agar o‘z kuchlariga oxirigacha ishonishsa, chempionlikni ulardan hech kim tortib ololmaydi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:46, 25.01.2019.
O'qildi: 11211 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.