Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yurtimizdagi eng kuchli futbol sharhlovchilari. Top-5 (stadion.uz versiyasi)

Yurtimizdagi eng kuchli futbol sharhlovchilari. Top-5 (stadion.uz versiyasi)

Baho:
+2 | -1

Futbolning ekranda yanada jozibali ko‘rinishi sharhlovchiga bog‘liq. Sharhlovchi 90 daqiqa mobaynida muxlislarni diqqatini stadiondagi uchrashuvga qarata olsa, bu uning o‘z ishining ustasi ekanligidan dalolat. Bugun o‘zbek sharhlovchilarining o‘ztga xos reytingini tuzishga urindik.

4-o‘rin. Bobur Akmalov

Bu jurnalistning ovozini radio to‘lqinlari orqali eshitmagan futbol muxlisi bo‘lmasa kerak. Uning eshittirishlari hozirgacha o‘zbek va Yevropa futboli haqida ochiq-oydin, erkin fikr bildiradigan yagona eshittirish desak, adashmagan bo‘lamiz. Bobur Akmalov hozirda eng progress kuzatilayotgan sport sharhlovchilaridan biri. Bu top beshligimizga uning radio orqali ko‘plab muxlislar qalbiga kirib borgan samimiy, shov-shuvli eshittirishlari sabab bo‘ldi. Biz Bobur Akmalovdan kelajakda nafaqat radio, balki televideniya orqali ham ajoyib sharhlarni kutib qolamiz.

3-o‘rin. Davlat Turdaliyev

Rahmatli Davlat Turdaliyev yurtimiz futboli uchun ta’bir joiz bo‘lsa, o‘rtanib ketar edilar. Hozir yodingizga Davlat akaning termamiz yengilayotgan damlarda aytgan mashhur so‘zlaridan birini keltiramiz

"Bizning futbolchilar uchun darvozadan 3 yo 4 metr uzoqlikdagi masofa bo‘lsa, iloji bo‘lsa darvozabon ham bo‘lmasa, ana shundagina xavfli vaziyat hosil qila olishadi".

Bu inson o‘z sharhlari davomida futbolni statistika va ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib tashlamas, bor e’tiborlarini ekranga qaratar, sharhlari esa jaydari, o‘zbekning so‘zlaridek sodda va to‘g‘ri edi. O‘zbek sport jurnalistikasida o‘z imzosini qoldira olgan qahramonimizning oxiratlari obod bo‘lsin.

2-o‘rin. Mirzahakim To‘xtamirzayev

Yurtimizda ko‘plab futbol muxlislariga ega, o‘zining betakror yo‘nalishini topa olgan, nafaqat futbol sharhlovchisi, balki ko‘plab filologlarning ustozi Mirzahakim aka o‘yinni yoqimli ovoz va bir me’yorda sharhlashlari bilan ajralib turadilar. Mirzahakim aka nafaqat futbol, shu bilan birga boshqa sport turlarining ham bilimdoni sanaladi.

Ular o‘yinni sharhlayotganda o‘zbekona so‘zlarni tiniq talaffuz etishlari, adabiy til me’yorlariga rioya qilishlari o‘zbek tiliga bo‘lgan chuqur hurmatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, o‘zbekning hech kimda yo‘q tag ma’noli so‘zlarini kezi kelganda shunday qo‘llaydilarki, futbol ishqibozlarining zavqi oshib ketadi. Misol uchun:

"Ana xolooos?! Bunday vaziyatdan gol ura olmaslikning o‘zi bir mahorat..."

Mana shu iboralari ularning zamonaviy jurnalistikadagi o‘ziga xos fishkalariga aylangan. Mirzahakim aka o‘z ishiga o‘ta ma’suliyatli sharhlovchi. Qahramonimiz har bir o‘yin oldidan sharhga tayyorgarlik paytida soatlab informasiya yig‘ar ekanlaru, lekin shuning atigi 10 foizini o‘yin paytida keltirib o‘tar ekanlar. Xulosa qilib aytganda bu inson futbol ensiklopediyasi desak, haqiqatga yaqin bo‘ladi.

1-o‘rin. Davron Fayziyev

Davron Fayziyev nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyoda 1-raqamli sharhlovchi sanaladi. U ingliz va rus tilida erkin so‘zlasha oladigan zamonaviy sharhlovchi. Shu kungacha yosh bo‘lishiga qaramasdan bir necha Chempionlar ligasining final o‘yinlarini onlayn tarzda stadiondan sharhlashga ulgurdi.

Davron o‘yinni juda zavqli sharhlaydi va futbolni yaxshi tushunadi. U sharhlagan o‘yinlarda muxlislar pauza yoki zerikishni sezmaydilar, shuningdek, sharhlayotganida hech narsa uning e’tiboridan chetda qolib ketmaydi. Terma jamoa yoki klublarimiz o‘yinlarida oltin o‘rtalikni ustamonlik bilan ushlab turadi va futbol ishqibozlarining e’tiborlarini to‘liq o‘ziga qarata oladi. Uning boshqa sharhlovchilarimizdan ajralib turadigan yana bir tomoni shundaki, u ekrandagi holatni emas, ko‘proq ekran ortidagi holatni yoritishga urinadi. Mana shu faktorlar evaziga uning sharhlarini qayta eshitsangiz yana qayta zavqlanaverasiz... Afsuski, u hozirda O‘zbekiston terma jamoasi va klublari o‘yinlarini sharhlamayapti...

Sportga bo‘lgan e’tiboringiz uchun rahmat! Xayr, salomat bo‘ling…

Mutloq chempion - Xayrulla Hamidov.

Futbolni Xayrulla Hamidovdek sharhlash uchun, o‘zbekni Xayrulla Hamidovdek seva olish kerak. Bu insonning serqirra ijodiga befarq birorta o‘zbek futbol muxlisi topilmasa kerak. Futbolga oid yaratgan ko‘rsatuvlari ruschasiga aytganda allaqachon «kultoviy» ko‘rsatuvlar orasidan munosib joy olgan. Xayrulla Hamidov sharhlovchidan ko‘ra ko‘proq futbol fanatiga o‘xshaydi. Uning so‘zlari yuraklarning ich-ichiga kirib boradi.

Yodingizga solaylik, Samvel Babayan davridagi terma jamoamiz JCH saralashining so‘nggi o‘yinida Janubiy Koreyani yenga olamagan uchrashuv… O‘sha uchrashuv so‘ngida Xayrulla Hamidov:

"Tezroq matbot anjumaniga boray, men uning (Babayanning) ko‘zlariga tik qaramoqchiman...", — deb aytgan so‘zlari haligacha yodimda.

Xayrulla Hamidov sharh davomida go‘yo bu dunyodan uzilib qoladilar va to‘liqligicha futbol olamiga kirib ketadilar. Men bu insonning shedevrga aylangan maqolalarini qayta-qayta o‘qisamda, aslo zerikmayman. Xayrulla akadan «Siz shoirmisiz, jurnalistmisiz yoki sport sharhlovchisimi?», — deb so‘raganlarida «Men sport sharhlovchisiman»,-deb javob bergan ekanlar. Qahramonimizning o‘zbek futbolini yoritishdagi xizmatlari har qanday yosh jurnalistlar uchun o‘rnak vazifasini o‘tasa, ajab emas.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:20, 25.01.2019.
O'qildi: 34646 marta.
Fikrlar: 56 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.