Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Chunki bu – Vatan jamoasi

Chunki bu – Vatan jamoasi

Baho:
+ | -1

Men uchun O‘zbekiston milliy jamoasi muxlislari, eng sodiq, vafodor ishqibozlardir. Vatanparvarlik bobida hech bir millatdan qolishmaydi. Termamiz necha yillardan buyon mundial yo‘llanmasiga ega chiqolmayapti, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda, ammo safarda ham, uyda ham uni yolg‘iz qoldirmaydigan fidoyilari bor. Ular shiddatli o‘yin yoki natija uchun emas, Vatan jamoasi maydonga tushayotgani, bayrog‘imiz mag‘rur hilpirayotgani, madhiyamiz baralla yangrayotgani uchun ham ishqibozlik qilishadi.

Vatan jamoasi haqida gap borarkan, hatto futbolga befarq kishi ham TV kanalini almashtirayotganda, beixtiyor termamiz o‘yinini ko‘rib qolsa, «Bizning yigitlar-ku» - deb qo‘yadi, faxrlanib. Katta yoshli muxlislardan 90-yillardagi bahslar haqida so‘rasangiz, Badjo hamda Van Bastenlarni bir chetga surib, 1994 yili Xirosima yashil maydonlarida ko‘rsatilgan qahramonliklarni yodga olishadi. Ularning ko‘z o‘ngida Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin ideal inson sifatida gavdalanadi. Mening tengdoshlarim esa 2018 yilning boshida qit’a chempionligiga erishgan yoshlarimizni e’tirof etishadi. Shubhasiz, biz uchun Kilian Mbappening jahon chempionatida kiritgan to‘pidan ko‘oa, Sidorovning «oltin goli» qadrliroq.

Chamasi 5 yil avval futbolga endi qiziqayotgan paytlarim edi. O‘shanda milliy jamoamiz JCH-2014 saralashida so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazayotgan, barcha muxlislar qatori men ham mundialga borishimizga ishongandim. «Pley-off»da Iordaniyaga qarshi kechgan bahsni ming bir hayajon, asabiy ruhda tomosha qilgandim. Anzur Ismoilov penaltidan foydalana olmaganida, tonggacha uxlolmagandim.

2018 yili yoshlarimiz chempionlikka erishgach, barchasi joyga tushdi. Vaqt o‘tishini qarangki, o‘sha «qor jangi»ga ham bir yil bo‘ldi. BAAda o‘tayotgan Osiyo kubogida asosiy jamoamiz muvaffaqiyatni takrorlashidan umidvor edik. Afsuski, guruh bosqichidan keyinoq qarshimizdan chiqqan «yashil qit’a» vakillari OK-2011dagi mag‘lubiyat alamini olish imkoniyatini berishmadi. Penaltilar seriyasidagi omadsizlik tufayli vakillarimiz turnirni tark etishdi. Shunga qaramay, Ektor Kuper qo‘l ostida milliy jamoamiz o‘yinida sezilarli o‘sish kuzatilgani shaxsan menga sezildi. Asta-sekin natijalar ham yaxshilanishidan umidvormiz.

Asosiysi, futbolchilarimiz maydonda millat sha’ni, yurt obro‘si uchun astoydil to‘p surishdan to‘xtashmasin. Biz esa ularni qo‘llab-quvvatlashga hamisha shaymiz. Mayli, O‘zbekiston JCHga chiqsa ham, chiqmasa ham, qanday natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar, muxlislik qilishda davom etish darkor. Chunki bu - Vatan jamoasi!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:03, 27.01.2019.
O'qildi: 4578 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.