Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Farrux Do‘stov: «Yigitlarda ishonch yuqori, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun muhim»

Farrux Do‘stov: «Yigitlarda ishonch yuqori, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun muhim»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, 1-2 fevral kunlari poytaxtimizda «Devis Kubogi» pley-off bosqichi doirasida O‘zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan bugun «Sahovat sport servis» sport majmuasida terma jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Tadbirning birinchi qismida terma jamoamiz sardori Farrux Do‘stov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

Terma jamoa sardorligi va uchrashuv haqida

Sardorlik men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bunday mas’uliyat menga ishonib topshirilganidan xursandman. Terma jamoadagi muhitni, ular uchun nima yaxshi – nima yomon ekanligini yaxshi bilaman. Yigitlar bilan birga uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz, mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Ularda ishonch yuqori. O‘yinga tayyormiz. Biz o‘z uyimizda, o‘z vatanimizda uchrashuv o‘tkazamiz. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim.

Raqiblar haqida

Serbiya jahon miqyosidagi kuchli terma jamoa hisoblanadi. Ular safida dunyo reytingida kuchli yuzlikka kiruvchi uch nafar tennischi bor. 10 yil oldin Serbiya terma jamoasiga qarshi bahs yuritganmiz. Tennischilar haqida gapiradigan bo‘lsam, Dushan Layovich asosan qumli kortlarda yaxshi o‘yin ko‘rsata oladigan tennischi hisoblanadi. Qolaversa, Troiski ham kuchli va tajribali sportchidir. Jokovich? Ular shundoq ham kuchli tarkib bilan Toshkentga kelishgan.

«Devis Kubogi»ning yangi formati haqida

Fikrimcha, bu yaxshi bo‘ldi. Oldingi formatda tennischilar birinchi kun besh setlik o‘yin o‘tkazib, ketidan juftlik bahslarida kortga chiqardilar. Uchinchi kungi uchrashuv ham besh setga cho‘zilishi mumkin. Bunday holatda tiklanish qiyin bo‘lardi. Yangi format muxlislar uchun bilmadimu, lekin tennischilar uchun yaxshi bo‘lishi mumkin.


Jo‘rabek Karimov jarohatidan qutildimi?

Jo‘rabek dekabr oyida jarohat olgandi. U ayni paytda tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda. Uning Serbiyaga qarshi o‘yindagi ishtiroki haqida ertaga aniq ma’lumot bera olamiz.

10 yil oldingi uchrashuv haqida

Serbiyaliklarga qarshi 10 yil oldin to‘qnash kelgandik. O‘shanda men Viktor Troiskiga qarshi uzoq o‘yin o‘tkazgandim. 5 setlik asabiy uchrashuv bo‘lgandi. Denis esa Tipsarevichga qarshi bahs yuritgandi. Juftlikda ham imkoniyatni boy bergandik. Bu endi o‘tmishda qoldi. Bugungi O‘zbekiston terma jamoasi 10 yil oldingisi bilan farq qiladi, ancha tajriba to‘plaganmiz. Bu safar faqat va faqat g‘alaba uchun kortga chiqamiz.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:19, 30.01.2019.
O'qildi: 2324 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.