«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda esa FIFAning futbolni global rivojlantirish bo‘limi rahbari Arsen Venger Jahon chempionati-2026 favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Fransiya Jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Men bilaman, siz: Albatta, o‘zing fransuz bo‘lganing uchun shunday deyapsan, deysiz. Ammo ushbu Jahon chempionatini tahlil qiladigan bo‘lsak, poyezd ma’lum bir tezlikda ketmoqda va siz unga sakrab chiqishga qodir bo‘lishingiz kerak. Masalan, Osiyo jamoalari o‘yinlarning shiddati va sur’atiga dosh bera olmagani uchun musobaqani tark etishdi. Ularga raqobatlashish uchun texnik mahorat yetishmadi.
Men uchun asosiy savol — bu Ispaniya. Agar hozirda kimdir Fransiyani mag‘lub eta oladigan bo‘lsa, men Ispaniyani aytgan bo‘lardim, chunki ularning texnik darajasi Fransiyanikidan yuqori», — deya Vengerning so‘zlarini keltiradi Mirror nashri.













