Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

O‘FA bayonoti: Aziz Turg‘unboyev aybdor bo‘lsa, u diskvalifikasiya qilinadi

O‘FA bayonoti: Aziz Turg‘unboyev aybdor bo‘lsa, u diskvalifikasiya qilinadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda futbolchi Aziz Turg‘unboyevning qaysi klubga tegishli ekanligi  masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.
 
Shu yilning 22 yanvar kuni “Paxtakor” Aziz Turg‘unboyev bilan 1 yanvar kuni tuzilgan shartnomani Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga olib keldi. 28 yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan futbolchi “Navbahor” safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘lladi.
 
Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning “Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita”ga oshirildi. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlaydi. Ushbu masala qonuniy tarzda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.
 
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi muxlislar tomonidan Aziz Turg‘unboyev masalasi bo‘yicha turli videomurojaatlari e’lon qilinmoqda. O‘FA bu videomurojaatlarni ko‘rib chiqdi va u yerdagi muxlislar fikrini hurmat qilishini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga futbolchining transferi bilan bog‘liq huquqiy masala videomurojaatlar asosida emas, qonuniy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini ham eslatib o‘tadi.
 
Tomonlar bir stol atrofida o‘tirib, yuzma-yuz holda futbolchi va uning agenti ishtirokida muhokama olib borishadi. Agar bu masalada biror klub aybdor bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda jazolanadi. Agar ayb futbolchida bo‘lsa, futbolchi diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
 
Shunday ekan, mazkur masala tegishli tartibda hal qilingunga qadar muxlislardan turli gap-so‘zlarga uchmay, oqilona yo‘l tutishni va O‘FAning yakuniy qarorini kutish hamda o‘sha qarorni hurmat qilishni so‘rab qolamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:23, 31.01.2019.
O'qildi: 6456 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик