Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston MOQ delegasiyasi Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston MOQ delegasiyasi Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Yaponiyadagi xizmat safarini davom ettirayotgan O‘zbekiston MOQ delegasiyasi bugun Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti Yasuo Sayto bilan uchrashdilar.

Suhbat davomida YA. Sayto Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati O‘zbekiston MOQ tomonidan ko‘rsatilayotgan tashabbus va faollikni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, u 2018 yilning iyun oyida O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning kunchiqar yurtga tashrifi davomida yaponiyalik hamkasbi S.Takeda bilan o‘tkazgan uchrashuvi natijalari haqida ham gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston MOQ vise-prezidenti Komil Ro‘ziyev Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi rahbariyatiga Umid Ahmadjonov nomidan alangali salomni yetkazdi va Tokio Olimpiadasi oldidan qo‘yilgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Komil Ro‘ziyev yaponiyalik hamkasbiga O‘zbekiston MOQning Yaponiyadagi maslahatchisi M.Baxriddinovni tanishtirdi va Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyat yo‘lida O‘zbekistonning taklif va tashabbuslari haqida gapirib berdi.

Tomonlar har ikki mamlakat sportchilarini yuqori saviyali murabbiy va mutaxassislar bilan birgalikda tayyorlash masalasini ham muhokama qildilar. Keyin esa sport departamenti direktori Yasuxiro Nakamori O‘zbekiston delegasiyasi vakillarini Olimpiya o‘yinlari uchun tayyorlanayotgan sport inshootlari bilan tanishtirdi. MOQ vakillari yakkakurashlar, jamoaviy sport turlari, tennis va gimnastikaga mo‘ljallangan sport zallarini ko‘zdan kechirdilar.

Keyingi uchrashuv esa Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi vakili, Keyo universiteti professori Xiroyuki Ishida bilan o‘tkazildi. Janob Ishida uchrashuv davomida 2018 yilning noyabr oyida Toshkentda sport tibbiyoti bo‘yicha tashkil etilgan birinchi xalqaro konferensiya haqida gapirdi va tashkilotchilik yuqori saviyada bo‘lganligini qayd etib o‘tdi.

Ekspert delegasiyamiz vakillarini Yaponiya sport tibbiyotida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirdi va 2019 yilgi hamkorlik rejasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:32, 01.02.2019.
O'qildi: 2241 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.