Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

O‘zbekiston boks federasiyasi raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

O‘zbekiston boks federasiyasi raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 2 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston boks federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, O‘zbekiston boks federasiyasi mutasaddilari, federasiyaning viloyat bo‘limi vakillari, yurtimizdagi sport federasiya va assosiasiyalar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Sir emaski, boks Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston uchun ko‘plab medallar taqdim etuvchi asosiy sport turlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘zbek bokschilari jahon va qit’a miqyosida shov-shuvli natijalarni qayd etib kelishmoqda. Ammo, erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmaslik, ushbu zafarli yurishni davom ettirish lozim. Bugun tashkil etilgan hisobot-saylov Konferensiyasi kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosarini saylashdan iborat edi.

Konferensiyada ushbu mas’uliyatli lavozimga Saken Jetibayevich Polatov nomzodi ilgari surildi. Ma’lumot uchun, S.Polatov 1975 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. “Orient Finans Bank” boshqaruv Kengashi raisi. Bir necha yildan buyon sport sohasida, jumladan Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi tizimida faoliyat olib boradi. Uning qo‘l ostida «Lokomotiv» jamoasi qisqa muddat ichida yurtimizning yetakchi jamoalardan biriga aylanib ulgurdi.

Mazkur nomzod Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Shu tariqa, Saken Polatov O‘zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

«Avvalambor bildirilgan ishonch uchun barchaga rahmat aytmoqchiman. Nasib qilsa, hali katta yutuqlarga erishamiz. Buning uchun albatta birgalikda, hamjihatlikda ish olib borishimiz lozim», – dedi Saken Pulatov.

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ham Saken Polatov haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

«Saken Jetibayevichning o‘zbek sportiga katta mehnati singgan. U kishi futbol rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Sherzod Toshmatov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab o‘z arizasiga ko‘ra lavozimini topshirdi. Fursatdan foydalanib, federasiya boshqaruvida amalga oshirgan ishlari uchun unga minnatdorchilik bildiramiz. Nasib qilsa yangi rahbariyat bilan Tokio Olimpiadasida bundanda yaxshiroq natija ko‘rsatamiz ”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, yig‘ilish davomida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov ham so‘zga chiqdi va bungacha qilingan ishlar, yutuqlar haqida gapirdi. Erishilgan natijalar bilan to‘xtab qolmasdan, bundan keyin ham ushbu muvaffaqiyatli yurishni davom ettirish haqida gapirdi.

Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oldinda turgan muhim musobaqalar, jumladan Osiyo va jahon chempionatlari, qolaversa Olimpiya o‘yinlarida bor kuchi bilan harakat qilishini, Tokio Olimpiadasida o‘zining ikkinchi oltin medaliga ega chiqmoqchi ekanligi haqida ma’lum qildi. Shuning bilan, O‘zbekiston boks federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:57, 02.02.2019.
O'qildi: 4552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.