Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

MOQ sport federasiyalariga maxsus trenajyorlar taqdim etdi

MOQ sport federasiyalariga maxsus trenajyorlar taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, sportda yuksak natijalarga erishish uchun yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.

Bunda esa trenajyorlarning ahamiyati katta. Milliy olimpiya qo‘mitasi shuni inobatga olgan holda yurtimizdagi bir necha sport federasiya va assosiasiyalariga maxsus sport jihozlari to‘plamini taqdim etdi. Shu jumladan, O‘zbekiston badminton federasiyasi bazasida ham yangi trenajyorlar o‘rnatildi va terma jamoamiz sportchilari uchun foydalanishga topshirildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti vakillari O‘zbekiston badminton federasiyasiga tashrif buyurib, terma jamoa a’zolarining mashg‘ulot jarayonini kuzatishdi. Xabaringiz bor, badmintonda oyoq va qo‘llarning harakati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham trenajyordagi mashqlar asosan oyoq va qo‘llarga kuch berishga qaratilgandi.

«Oktyabr oyida O‘zbekiston badminton federasiyasining sport majmuasi ish boshladi. Bu yerda terma jamoa a’zolari muhim musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yorug‘ sport zali mashg‘ulotlar uchun juda qulaydir. Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi albatta muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan trenajyorlar taqdim etildi. Buning uchun MOQqa rahmat. Ushbu zamonaviy sport jihozlari yordamida sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklarini kuchaytirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida sportchilarga yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishda yordam beradi», – dedi O‘zbekiston badminton federasiyasi bosh kotibi Onajon Jumaniyazova.

Trenajyor mashg‘ulotlari yakunlangach, sportchilar zalga chiqishdi. U yerda murabbiylar sportchilar bilan taktik va texnik tomonlama ish olib borishdi. So‘ngra an’anaga binoan badmintonchilar yakkalik va juftlik bahslarida kuch sinashishdi.

Badmintonchilarimiz musobaqalarga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda. Terma jamoamiz yetakchisi Artyom Savatyugin Tokio Olimpiadasi lisenziyasini qo‘lga kiritishga astoydil bel bog‘lagan.

«Bu yerga ko‘chib o‘tganimizdan so‘ng har kuni mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kuniga 2 mahal, umumiy hisobda 6-7 soat davomida shug‘ullanamiz. Ba’zida undan ham ko‘p. Bu albatta yuklamalarga bog‘liq. Endi bizda trenajyorlarda shug‘ullanish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Bu orqali jismoniy tayyorgarlikni ham kuchaytiramiz. Chunki, bunday mashqlarsiz jismoniy holatni ushlab turish qiyin bo‘ladi. Ayni paytda 24 fevral kuni start oladigan O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Aprel oyida esa Xitoyda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etamiz. Shuningdek, yil davomida reyting musobaqalarida ishtirok etib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun imkoniyatlar? Juda yaxshi. Chunki, biz bahslarga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shuning uchun, lisenziya olish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz», – dedi Artyom Savatyugin.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:34, 05.02.2019.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.