Madridning "Real" klubi va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde himoyachi Daniel Karvaxal ketganidan keyin klubning birinchi sardori bo‘ladi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoda, futbolchining JCH-2026 turnirini muvaffaqiyatsiz o‘tkazganiga qaramay, uning kelajagi borasida hech qanday shubha yo‘q. Portugaliyalik mutaxassis iyul oyining o‘rtalarida boshlanadigan mavsumoldi tayyorgarlikdayoq Valverdega ishonch bildirishni rejalashtirmoqda, biroq unga qadar futbolchi bilan shaxsiy suhbat o‘tkazish niyatida.
Bundan tashqari, klubdagilar Karvaxal ketganidan so‘ng aynan Valverde jamoaning birinchi kapitani rolini o‘z zimmasiga olishiga to‘liq ishonishmoqda.
Federiko Valverde 2016 yildan buyon Madridning "Real" klubi tizimida faoliyat yuritib keladi. Ortda qolgan klub mavsumida yarim himoyachi 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













