Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekiston delegasiyasi «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlariga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston delegasiyasi «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlariga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

9-17 fevral kunlari kunlari Rossiya Federasiyasining Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda O‘zbekiston sport delegasiyasi ham qatnashadi. Bugun ana shu musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar Rossiya Federasiyasiga jo‘nab ketishdi.

Ma’lumot uchun, musobaqada tog‘ chang‘isi, snoubord, biatlon, chang‘i poygalari, tramplindan sakrash, figurali uchish, short-trek va xokkey kabi sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil qilinadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari esa uchta yo‘nalish – tog‘ chang‘isi, figurali uchish va snoubord bellashuvlarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz o‘yinlarga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:

Tog‘ chang‘isi:

Valeriya Kovalyova – sportchi
Medet Nazarov – sportchi
Akilbek Buxarbayev – sportchi
Andrey Voronov – katta murabbiy
Dmitriy Kovalev – murabbiy

Figurali uchish:

Niginabonu Jamoliddinova – sportchi
Azizmurod Shabazov – sportchi
Diana Rahmonqulova – sportchi
Ellita Avanesyan – katta murabbiy

Snoubord:

Valeriya Mayorova – sportchi
Aziz Saparbayev – sportchi
Ivan Merkushkin – sportchi
Yuliya Andreeva – murabbiy

Delegasiya rahbari: Akram Nizametdinov – MOQ Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinasiya qilish departamenti direktori

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilarga muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:55, 07.02.2019.
O'qildi: 2375 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.