Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Superligada ishtirok etish uchun to‘lanadigan badal pullari xususida

Superligada ishtirok etish uchun to‘lanadigan badal pullari xususida

Baho:
+ | -

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Professional futbol ligasi O‘zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari reglamenti qayta to‘ldirilgan loyihasini tayyorladi va tanishib chiqib, o‘z mulohazalarini bildirish uchun klublarga taqdim etdi. Mazkur reglamentda yangi mavsumda o‘tkaziladigan musobaqalar, ularning reglamenti va ularda ishtirok etish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilgan.

Qayd etish joizki, yurtimizdagi futbolni yoritib boruvchi ayrim nashrlarda PFL tomonidan klublarga tanishib chiqish uchun taqdim etilgan mazkur reglamentdagi o‘zgarishlar haqida xabarlar e’lon qildi. Xususan, Superliga va PRO-ligada badal pullari oshirilgani to‘g‘risida xabarlar e’lon qilindi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, Superligada qatnashish uchun badal puli (futzal va ayollar jamoalari inobatga olinmaganda) 2018 yilda ham 500 000 000 so‘m edi. Futzal va ayollar jamoalari uchun mos ravishda 50 000 000 so‘mdan badal puli to‘langan. Umumiy hisobda jamoalar 600 000 000 so‘m badal puli to‘lashgan.

Sekin-asta klublar xarajatlarini kamaytirish, ularga yengillik qilishga harakat qilayotgan Professional futbol ligasi 2019 yil uchun badal pullari miqdorini aslo oshirgani yo‘q. Badal puli 2019 yilgi mavsumda ham barcha jamoalar (ayollar va futzal jamoalarini ham inobatga olganda) 600 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Ta’kidlash lozimki, shu paytga qadar jamoalar o‘yinni o‘tkazish uchun tashrif buyuradigan hakam, nazoratchi hamda uchrashuv komissarlari safar va oziq-ovqat harajatlarini qoplab kelishgan. Professional futbol ligasi endilikda klublarni bunday sarf-harajatlardan soqit etib boradi. Jumladan, 2019 yildan boshlab hakam, nazoratchi va uchrashuv komissarlarining barcha harajatlari (safar, oziq-ovqat) klublar emas, balki PFL tomonidan qoplanadi.

Istardikki, OAV vakillari futbol ishqibozlariga qilinayotgan islohotlar, yangiliklar to‘g‘risida bor ma’lumotni to‘g‘ri talqin qilgan holda yetkazishsin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:47, 07.02.2019.
O'qildi: 5580 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.