Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

21- asrning eng kuchli darvozabonlari. Top 5

21- asrning eng kuchli darvozabonlari. Top 5

Baho:
+1 | -1

So‘nggi 20 yil mobaynida futbol olamida bir nechta ajoyib darvozabonlar yetishib chiqdi. Bugun yangi asrning eng kuchli darvozabonlariga bir nazar tashlaymiz

5-o‘rin

Dida

Braziliyalik mashhur darvozabon «Milan» jamoasi safidagi ajoyib o‘yinlari orqali futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Dida ajoyib seyflar va ishonchli o‘yini bilan alohida ajralib turar edi. U «Milan» bilan 21- asr boshida yengib bo‘lmas jamoaning muhim o‘yinchisi edi. Dida faoliyati mobaynida Janubiy Amerika qit’asining bir necha bor eng yaxshi darvozaboni, CHL va JCH da g‘olib bo‘lgan kam sonli darvozabonlardan biri edi.

4-o‘rin

Oliver Kan

Uning metin xarakteri va jangovar ruhiyati jamoadoshlari uchun qo‘shimcha kuch ulashar edi. Uo‘z himoyachilarini xuddi murabbiylardek mahorat bilan boshqarar, doimo jamoadoshlarini sergaklikka chorlardi. Klubining 2001-yildagi CHL finalida «Valensiya» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng, uning Kanisarezni ovutib aytgan so‘zlari hozir ham qalblarimizni eritib yuboradi.

Tur, ey yigit! Hozir senga onang qarab turipti. Men sezib turibman u sen bilan faxrlanmoqda…

Hamma g‘alabani nishonlashga berilib ketgan bir paytda uning aytgan so‘zlari, darhaqiqat, tahsinga sazovar. Kan o‘z faoliyati mobaynida dunyo va Yevropaning eng yaxshi darvozaboni deya tan olindi va futbol tarixida o‘zidan iz qoldira oldi.

3-o‘rin

Piter Chex

O‘zining hotirjamligi bilan ajralib turuvchi darvozabon o‘zining eng gullagan davrlarini «Chelsi» safida o‘tkazgan desak, adashmagan bo‘lamiz. U ilojsiz vaziyatlarda bir necha bor jamoasini qutqarib qolishni uddasidan chiqqan kam sonli darvozabonlardan biri. Qahramonimiz 2006-yilda qattiq jarohat oladi. Ammo Chex o‘zida kuch topa oldi va katta futbolga qaytdi. U 2012- yilda «Chelsi» safida CHL da chempionlikni qo‘lga kiritadi. O‘sha tarixiy g‘alaba aynan qahramonimzning fantastik seyvlari evaziga qo‘lga kiritiladi va tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitiladi. Chex o‘z kariyerasi davomida katta havf ostida qolishiga qarmasdan, yuqori darajada futbol namoyish etgan jasur darvozabon bo‘lgani uchun ham beshlikdan joy olishga haqli

2-o‘rin

Buffon

U dunyoning 4 karra eng kuchli darvozaboni, ikki karra Yevropaning eng kuchli kipperi, JCH g‘olibi, bir necha bor Italiya chempioni…

Uning boshqa darvozabonlardan ajralib turadigan hislatlari talaygina edi. Buffon raqib hujumlarini oldindan o‘qir va joy tanlashda kam adashar edi. Uni futbol olamida qattiq hurmat qilishadi. O‘z vaqtida millionlarni taklif qilishganda ham o‘z klubiga sodiq qolgan darvozabon o‘z vaqtida ketishning ham uddasidan chiqdi. Uning o‘yinlari hozirgi yosh darvozabonlar uchun haqiqiy mahorat maktabi vazifasini o‘tab beradi desak, adashmagan bo‘lamiz.

1-o‘rin

Iker Kasilyas

5 karra dunyoning eng kuchli darvozaboni sifatida tan olingan qahramonimiz yoshligidanoq o‘ta iqtidorli sanalgan. U futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan jamiki turnirlar g‘olibligini qo‘lga kiritgan kam sonli darvozabonlardan biri.

Kasilyasning eng kuchli jihatlaridan biri - muhim uchrashuvlarda sovuqqonlik bilan qaror chiqarishi desak, adashmagan bo‘lamiz. Kasilyas faoliyatining so‘nggi bekatlarida biroz o‘yinida pasayish kuzatilgani rost, ammo qahramonimiz futbol olamida o‘z ismini allaqachon qoldirishga ulgurgan. Uning ajoyib o‘yinlari sababli Ispaniya shonli g‘alabalarga erishdi va o‘z futbolida yangi sahifa ochdi. Kasilyas so‘nggi 20 yillikninghaqli ravishda eng kuchli darvozaboni sifatida tarixda qoladi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:22, 10.02.2019.
O'qildi: 15115 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.