Angliyaning “Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane kecha, APLning 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Bornmut”darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, u faoliyati davomida ilk bor APLning ketma-ket 4 ta o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” kechagi bahsda yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.