Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi

Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasining shtab-kvartirasi Toshkentga ko‘chirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

13 fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo basketbol assosiasiyasi (CABA)ning navbatdagi Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalqaro basketbol federasiyalar assosiasiyasi (FIBA)ning Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Agop Xadjiryan hamda Konfederasiyaga a’zo mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Mazkur yig‘ilishda o‘zbek basketboli uchun tarixiy bo‘lgan voqeliklardan biri ro‘y berdi. Unga ko‘ra, tashkilotning shtab-kvartirasi Toshkent shahriga ko‘chirildi. Quvonarlisi, Konferensiya davomida bir yo‘la ikki nafar hamyurtimiz CABAning Markaziy Kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston basketbol federasiyasining birinchi vise-prezidenti Xurshid G‘iyosov CABAda g‘aznachilik bo‘limini boshqaradigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston basketbol federasiyasi Bosh kotibi Ravshan G‘aniyev mintaqaviy Konfederasiyada ham Bosh kotib sifatida ish yuritadi.

Ma’lumot uchun, mazkur Konfederasiya O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston baksetbol federasiyalaridan tashkil topgan. Bungacha tashkilot qarorgohi Qozog‘istonning Almati shahrida joylashgan edi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:37, 15.02.2019.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.