Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Bavariya» Vinisius bo‘yicha so‘rov yubordi

«Bavariya» Vinisius bo‘yicha so‘rov yubordi

Baho:
+ | -

«Real»ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, «Bavariya» 25 yoshli futbolchining holati bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Manbaning xabariga ko‘ra, «Real» Vinisius borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, chunki Madrid klubi kelasi yozda uni erkin agent sifatida tekinga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Avvalroq «Real» va Vinisius o‘rtasidagi yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida xabar berilgan edi.

Yakunlangan klub mavsumida Vinisius barcha turnirlarda jami 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 bor ishg‘ol qildi va 14 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:49, 06.07.2026.
O'qildi: 3653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик