Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

JCH-2026: Beshta gol kiritilgan bahsda Angliya Meksikani mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (videosharh)

JCH-2026: Beshta gol kiritilgan bahsda Angliya Meksikani mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Meksika hamda Angliya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Meksika poytaxti Mexiko shahridagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda inglizlar 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Jud Bellingem ikki daqiqa ichida (36 va 38-daqiqalar) ikkita gol urib, Angliyani hisobda oldinga olib chiqdi. E’tiborlisi, Bellingemning birinchi goliga Bukayo Saka hammualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi golga Harri Keyn assistentlik qildi. Bo‘lim oxiriga kelib, 42-daqiqada meksikalik Julian Kinyones oradagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ikkinchi taymda jamoalar faqat penaltilar orqali darvozalarni ishg‘ol qilishdi. 60-daqiqada Harri Keyn Angliya foydasiga belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, 69-daqiqada o‘z jarima maydonchasida aynan Harri Keyn qo‘pol o‘ynagani sababli Angliya darvozasiga penalti belgilandi. Ushbu imkoniyatdan meksikalik hujumchi Raul Ximenes unumli foydalanib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. Hakam tomonidan o‘yinga 11 daqiqa qo‘shib berilganiga qaramay, uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng chorak finalga yo‘l olgan Angliya milliy jamoasi Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 12 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati-2026, 1/8 final
Meksika — Angliya 2:3
Gollar: 0:1 — Jud Bellingem (36), 0:2 — Jud Bellingem (38), 1:2 — Julian Kinyones (42), 1:3 — Harri Keyn (60, penalti), 2:3 — Raul Ximenes (69, penalti).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:19, 06.07.2026.
O'qildi: 3263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик