Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamondan otish bo‘yicha mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda

Kamondan otish bo‘yicha mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ayni kunlarda turkiyalik mutaxassis Vladimir Lekviashvili qo‘lostida nufuzli xalqaro musobaqalar, xususan, 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Ushbu jarayonda Respublika miqyosidagi musobaqalar davomida iqtidorli yosh sportchilarni saralab, terma jamoaga jalb etish judamuhim. Bu borada bugun Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida boshlangan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi qishki O‘zbekiston chempionati o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur musobaqada Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan jami 75 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Bahslar 20 fevralga qadar davom etadi. Natijalar haqida xabar berib boramiz.

Manba: minsport
Kiritildi: 07:24, 17.02.2019.
O'qildi: 1881 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.