Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Bugun dedlayn. Superliganing 5 ta klubi musobaqaga qo‘yilmasligi mumkin

Bugun dedlayn. Superliganing 5 ta klubi musobaqaga qo‘yilmasligi mumkin

Baho:
+ | -1

Professional futbol ligasi bugun — 22 fevral sanasida Superliga uchun da’vogar bo‘lgan 12 ta klub haqidagi o‘z xulosalarini O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga taqdim etadi.

Bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, AGMK, “Metallurg”, “Buxoro” va “Qo‘qon-1912” klublari lisenziyalash bo‘yicha reglamentning akademiya talablarini bajarmagani yuzasidan xabar berilgandi. Ayni vaqtda “Qo‘qon-1912” futbol klubi Farg‘ona viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bugun kechga qadar qolgan 5 ta klub rahbariyati 2019 yilgi mavsum talabi bo‘yicha kafolat xati taqdim etishi kerak.

Agar mana shu 5 ta klub kafolat xatini o‘z vaqtida taqdim etmasa, ularning Superligada ishtirok etish masalasi so‘roq ostida qoladi. Ularning o‘rnini katta ehtimol bilan “A” Pro-ligasida to‘p surishi kerak bo‘lgan va lisenziyalash talablarini amalga oshirayotgan klublar egallashi mumkin. Bu haqdagi qarorni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Lisenziyalash bo‘yicha qo‘mitasi qabul qiladi hamda tasdiqdan o‘tkazish uchun Ijroqo‘mga kiritadi. Professional futbol ligasi mana shu taqdimnoma asosida 25 fevral kuni Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlaydi.

Ma’lumot uchun, klublarga taqdim etilgan 2019 yilgi mavsum uchun Musobaqalarni o‘tkazish reglamentida Superligada 10 ta klub ishtirok etishi mumkinligi masalasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Voqealar shu taqlid davom etsa, musobaqa formati 10 ta klubga moslab tuzib chiqiladi hamda 25 fevral kuni shunga asosan qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Marosim 18:45 dan boshlab “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:00, 22.02.2019.
O'qildi: 10655 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик