Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Andrey Fyodorov: “Lokomotiv” kuchaydi”

Andrey Fyodorov: “Lokomotiv” kuchaydi”

Baho:
+ | -

Bugun “Lokomotiv” O‘zbekiston Superkubogi doirasida AGMKni mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvdan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Hech qachon bunday asabiylashmaganman. AGMK bungacha ikkita rasmiy o‘yinda qatnashib, o‘zlarini sinab, xato va kamchiliklarni ko‘rib olgandi. Biroq biz raqibni yaxshi o‘rgandik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Yigitlar ikkinchi goldan keyin bo‘shashdi. Jarohat va majburiy o‘zgarish tufayli o‘yin sifatimiz biroz o‘zgardi. Mavsumni g‘alaba bilan boshlaganimizdan xursandman.

Arslonmurod Amonov o‘yinga to‘liqligicha tayyor emasdi. U bilan bu borada gaplashib olganmiz. Uning “Buxoro”dagi muxlislarni xursand qiladigan o‘yinlarini “Loko”da ham ko‘rasitishiga umid qilamiz.

Yangi futbolchilar ketganlarning o‘rnini bosa oladi. “Lokomotiv” yaxshi saviyali futbolchilarni jalb qildi. Ayta olaman, “Lokomotiv” yanada kuchaydi.

Taqvim? Ha, fikrlarim unchalik yaxshi emas. Biz 1 mart kuni uchun tayyorlangandik. Ammo yana chempionat OCHLdan keyin boshlanadigan bo‘ldi. Endi rejalar biroz o‘zgaradi. Ammo har bir bahsda g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 20:30, 23.02.2019.
O'qildi: 3722 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик