Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi bo‘yicha loyiha taqdimotini tayyorlashga kirishdi

O‘zbekiston 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi bo‘yicha loyiha taqdimotini tayyorlashga kirishdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, shu kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Unga tashrif davomida Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti, OOK Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

XXI Osiyo o‘yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vorgarlik qilishmoqda.

Uchrashuv davomida OOK prezidenti O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun imkoniyatlar yuqoriligi, mamlakatimiz hattoki bu bo‘yicha yetarli ustunliklarga ega ekanligini aytib o‘tdi. Martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek sportga qaratilayotgan e’tibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekiston bungacha Osiyo o‘yinlarini qabul qilmaganligi, bu esa musobaqa geografiyasini oshirishga hizmat qilishi va ushbu kurashda mamlakatimizning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishini qayd etib o‘tdi.

Ushbu muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligi bo‘yicha o‘z taqdimotini o‘tkazishiga kelishib olindi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:34, 25.02.2019.
O'qildi: 4153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик