Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yunon-rum kurashchilarimiz Vengriyadagi Gran-Prida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Yunon-rum kurashchilarimiz Vengriyadagi Gran-Prida 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

22-24 fevral kunlari Vengriyada yunon-rum kurashi bo‘yicha Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu reyting musobaqasida jahonning turli mamlakatlaridan polvonlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordilar.

Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarning uch nafari shohsupaga ko‘tarildi. -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, mazkur vazndagi boshqa sportchimiz Javohir Mirahmedov bronza medaliga ega chiqdi. -60 kg vaznli sportchimiz Feruz To‘xtayev finalgacha yetib bordi va kumush medal sohibiga aylandi.

Ushbu ishtirok orqali yunon-rum kurashchilarimiz Tokio Olimpiadasi lisenziyasi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab olishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:41, 25.02.2019.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.