Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Ronaldu, Messi yoki Neymar? Saloh o‘z tanlovini ma’lum qildi

Ronaldu, Messi yoki Neymar? Saloh o‘z tanlovini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh o‘zining xayrlashuv uchrashuvida qaysi futbol yulduziga qarshi to‘p surishni istashi haqidagi savolga javob berdi.

«Ronaldu, Messi yoki Neymar? Messi», — deya Salohning so‘zlarini mashhur insayder va jurnalist Fabrisio Romano keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Saloh hozirda 34 yoshda. Shu yilning 1 iyul kuni uning «Liverpul» klubi bilan tuzgan mehnat shartnomasi muddati tugadi va u erkin agentga aylandi.

Avvalroq Misr terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 musobaqasining 1/16 finalida Avstraliya terma jamoasini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi. U yerda afrikaliklarga Argentina terma jamoasi raqiblik qiladi.

JCH-2026 nimchorak finalidan o‘rin olgan Argentina — Misr uchrashuvi seshanba kuni, 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da chalinadi.

Kiritildi: 13:45, 04.07.2026.
O'qildi: 7641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик