Italiyaning “Milan” klubi sardori Alessio Romanyoli faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi xizmatlariga “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolichni “Yuventus” klubi ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchining “rossonerilar” bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo‘ljallangan.