«Sampdoriya» klubi «Yuventus» darvozaboni Emil Auderoning transfer huquqini sotib oldi.
Transfer summasi 20 million yevroni tashkil qildi. Genuyaliklar bu summani 4 yil davomida to‘lab berishadi.
Audero 2018 yilning yozida ijara asosida «Sampdoriya»ga o‘tgandi. U Italiya chempionatining ushbu mavsumida 25ta o‘yinda maydonga tushib, 32ta gol o‘tkazib yubordi.
22 yoshli posbon «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.