Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekistonlik eng kuchli legioner kim? Top-5

O‘zbekistonlik eng kuchli legioner kim? Top-5

Baho:
+1 | -1
Bo'lim:

Xohlaymizmi yo‘qmi, so‘nggi yillarda terma jamoamiz o‘yinlarini legionerlar hal qilishmoqda. Bugun ushbu legionerlarimizdan termamiz uchun eng ko‘p naf keltirganlarini tanlab oldik. Ushbu reytingni tuzishda ularning o‘z klubida erishgan yutuqlarini emas, termamiz rivoji uchun qo‘shgan hissasini asosiy omil qilib oldik.

5-o‘rin

Aleksadnr Geynrih

Faoliyati davomida Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston klublarida omadli to‘p surgan qahramonimiz o‘zbek muxlislarining eng yoqimtoyi edi desak, adashmagan bo‘lamiz. Agar u maydonga tushmasa, muxlislar «Sasha» deya doim uni maydonga chorlashardi. Agar maydonga tushadigan bo‘lsa, albatta, golsiz maydoni tark etmas edi. Unga o‘xshash kreativ futbolchilar hali-beri chiqmasa kerak. Geynrih uzoq yillar davomida raqiblarimizning yuraklariga g‘ulg‘ula solib turgani aniq. Sababi, yamanlik yosh muxlis bilan bo‘lgan suhbatimizda u qiziq bir gap aytgan edi: «Yamanda yurtinglar futboli haqida ko‘p ma’lumot yo‘q, ammo bizda hamma Geynrihni taniydi». O‘shanda g‘alati bo‘lib ketgan edim.

4-o‘rin

Vitaliy Denisov

«Tor» laqabli himoyachimiz o‘z faoliyati mobaynida, asosan, «Dnepr» va «Lokomotiv» klublari sharafini himoya qildi. Uning mehnatsevarligi va kurashlarda o‘zini ayamasdan harakat qilishi uzoq yillar davomida terma jamoamizga ham katta naf keltirdi. U o‘z vaqtida Italiyaning «Napoli» klubiga o‘tib ketishi ham mumkin edi, ammo ayrim muammolar sababli transfer amalga oshmay qolgandi. Vitaliy terma jamoamiz libosida maydonga tushgan o‘yinlarda muxlislarning uning qanotidan doimo ko‘ngillari to‘q bo‘lar edi. Sababi, Denisov termamiz sharafini har doim munosib himoya qilar, maydonda borini berar edi.

3-o‘rin

Mirjalol Qosimov

Bizning tengqurlar shu insonning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganmiz. Mirjalol aka o‘zbek futbolining tirik afsonasi. U o‘z kariyerasi davomida Rossiya, Saudiya Arabistoni klublari sharafini munosib himoya qilgan. Shuningdek, qahramonimiz yoshlar o‘rtasida Yevropa chempioni, Jahon chempioni, keyinchalik Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lishdek baxtga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston iftixori  terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan bo‘lsada, afsuski, uning gullagan davrlari terma jamoamiz tarixidagi eng kuchsiz davrlarga to‘g‘ri kelib qoldi…
Mirjalol aka boshchiligida termamiz 2006-yildagi Mundialga juda yaqin qolgan edi. Afsuski, yaponiyalik hakamlar oyog‘imizdan tortib qolgan edi… Qosimov ushbu reytingimizdan faqat shu birgina sabab bilan 1-pog‘onani qayd eta olmadi.

2-o‘rin

Maksim Shatskih

Maks terma jamoamizdan ketgach, biz uning qadrini hozirgacha sezyapmiz. Unga o‘xshash klassik 9-raqamli hujumchimiz afsuski, hali ham yo‘q. Maksim o‘z faoliyatining asosiy qismini Ukrainaning afsonaviy «Dinamo Kiyev» klubida omadli olib bordi. O‘z vaqtida uning o‘yinlari APL klublarining e’tiborini tortgan edi. Afsuski, Maksning ham transferi amalga oshmay qoldi…

Uning «Dinamo Kiyev»da ko‘rsatgan o‘yinlari bu reytingda so‘zsiz 1-pog‘onaga loyiq edi, ammo terma jamoamiz uchun ko‘plab gollar urgan bo‘lsada, muxlislarimizning  ayrim injiqliklari bilan yodda qolgani sababli, bugun 2-pog‘onada qoldi.

1-o‘rin

Odil Ahmedov

O‘zbek futboli tarixidagi eng qimmat futbolchi, mana bir necha yillardan beri qit’amizdagi eng qimmat 10 ta futbolchidan biri sanaladigan hamyurtimiz o‘z kariyerasining deyarli 70 foizini legioner maqomida o‘tkazmoqda. So‘nggi 5 yil mobaynida Odil o‘zbek futbolining yuzi va haqiqiy sardori sifatida shakllanishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘z kariyerasi davomida Villian, Etao, Roberto Karlos, Halk, Oskar, singari super yulduzlar bilan bir tarkibda o‘ynagan bo‘lsada, hech qachon zahirada qolib ketmadi. «Anji»da o‘ynab yurgan chog‘larida xatto Lassana Diarani o‘z o‘yinlari bilan zahiraga o‘tkazib qo‘ya oldi. Uning  transfer summasi o‘z vaqtida xatto 10 milliongacha baholandi. Ahmedov chinakam jangchi sifatida futbolchilarimizga o‘rnak bo‘la oladi.

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Kiritildi: 11:50, 27.02.2019.
O'qildi: 13710 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.