Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U shunchaki dahshat edi»: Mbeumo o‘z kumiri haqida gapirdi

«U shunchaki dahshat edi»: Mbeumo o‘z kumiri haqida gapirdi

Baho:
+3 | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumo o‘zining asosiy kumirlaridan biri kim ekanligini aytdi. 26 yoshli kamerunlik futbolchi Londonning «Chelsi» klubi sobiq yulduzi Eden Azarning o‘yinlaridan o‘rganishga harakat qilganini tan oldi.

«Imkon tug‘ildi deguncha Azar ishtirokidagi o‘yinlar sharhini tomosha qilardim. Menimcha, u juda kuchli, shunchaki aql bovar qilmas darajada mahoratli edi. U raqiblarini osonlik bilan aldab o‘tar, hujumlarni ajoyib tarzda yakunlar va yuqori saviyadagi uzatmalarni amalga oshirardi. To‘pni qabul qilib, barchani ortda qoldirib ketishi mumkin edi — bu shunchaki telbavor iqtidor», — deya Mbeumoning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.

Eden Azar 2012 yildan 2019 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng Madridning «Real» klubiga o‘tgan edi. 2023 yilda belgiyalik futbolchi faoliyatini yakunladi.

Kiritildi: 11:42, 03.04.2026.
O'qildi: 2524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик