Madridning «Real» klubi tomonidan qiziqishlar bo‘layotgani haqidagi mish-mishlarga qaramay, «PSJ» yarim himoyachilari Vitinya va Joau Neveshni sotish niyatida emas. Florentino Peresning 150 million yevrolik transferni amalga oshirish niyati borligi haqidagi bayonotidan so‘ng, Ispaniya matbuotida gap parijliklarning portugaliyalik yarim himoyachilaridan biri haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi.
Biroq, COPE nashrining qayd etishicha, «PSJ» rahbariyati Vitinya bilan ham, Joau Nevesh bilan ham xayrlashish niyatida emas. Klub har ikki futbolchini ham o‘z loyihasining asosiy figuralari deb hisoblaydi va ularning ehtimoliy transferini hatto 150 million yevro evaziga ham muhokama qilmoqchi emas.













