Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Kambyaso va Kanselu o‘rtasida tanlovni amalga oshirdi

«Barselona» Kambyaso va Kanselu o‘rtasida tanlovni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yozgi transfer oynasida himoyaning chap qanotini kuchaytiradi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» «Yuventus» a’zosi Andrea Kambyasoga qiziqish bildirmoqda, biroq klub rahbariyati 26 yoshli italiyalik futbolchini ustuvor variant sifatida ko‘rmayapti. Bunga o‘yinchining transfer bahosi juda yuqoriligi — taxminan 50 million yevro ekanligi sabab bo‘lgan.

La Liga grandi uchun birinchi raqamli variant sifatida hamon Joau Kanselu qolmoqda. Kataloniyaliklar uni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan to‘liq sotib olishni rejalashtirishmoqda. Kanselu yakunlangan mavsumning ikkinchi yarmini «Barsa» safida ijara asosida o‘tkazgan edi. Tarqalgan ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik himoyachining o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni istaydi, biroq «Al-Hilol» klubi bilan hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Kiritildi: 10:10, 05.06.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик