Hujumchi Xulian Alvares shu yozda Madridning «Atletiko» klubida qolmasa kerak. Argentinalik futbolchiga asosiy da’vogarlar sifatida «Barselona» va «PSJ» klublari ko‘rilmoqda.
Diario Sport nashrining tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, «matraschilar» Alvaresni Parij grandiga sotishga tayyor, biroq forvardni «ko‘k-anorranglilar» lageriga qo‘yib yuborish niyatida emaslar. Biroq futbolchining transfer bahosi muammo bo‘lib turibdi: «Atletiko» 26 yoshli futbolchi uchun 150 million yevro talab qilmoqda, «PSJ» esa bu so‘rovni haddan tashqari yuqori deb hisoblayapti.
Katta ehtimol bilan, Fransiya klubi tovon puli summasini kamaytirish uchun kelishuvga o‘z futbolchilaridan birini qo‘shishi mumkin. Xulian Alvaresning o‘zi esa, avvalroq ko‘plab OAVlarda xabar berilganidek, faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.













