Germaniyalik matematik Yoaxim Klement ilmiy yondashuv asosida Jahon chempionati yakunlarini prognoz qilishga qaror qildi va unda Niderlandiya terma jamoasi g‘olib chiqishini aniqladi.
Biroq, Klementning o‘zi bu hisob-kitoblarga haddan tashqari jiddiy yondashmaslikka chaqirdi. Olimning ta’kidlashicha, u Jahon chempionatini irrasional (mantiq qonuniyatlariga bo‘ysunmaydigan) voqelik deb hisoblaydi, shu bois uni oldindan aytib berishning deyarli imkoni yo‘q, deya xabar bermoqda derbyderbyderby.it.
Shunday bo‘lsa-da, shu paytgacha Jahon chempionatlari tarixida mutlaqo kutilmagan (sensasion) g‘oliblar kuzatilmagan — bosh sovrinni qo‘lga kiritgan barcha jamoalar kamida ikki martadan chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishgan (bundan faqat inglizlar va ispanlar mustasno). Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi shu paytgacha uch marta Jahon chempionati finalida o‘ynagan, biroq har safar imkoniyatni boy bergan.













