«Real» klubi rahbari Florentino Peres klubdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishiga to‘liq ishonayotgan ko‘rinadi. Saylovlar tez orada, ya’ni 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi — unda Peresga Enrike Rikelme raqobatchilik qilmoqda.
Shu bilan birga, Peres kelayotgan seshanba kuni «Bavariya»ga yulduz futbolchi borasida taklif yuborishni rejalashtirib qo‘ygan: u Maykl Olise uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor. Peresning ushbu rejalari haqida insayder-jurnalist Fabrisio Romano bir nechta hamkasblariga tayangan holda o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Ayni paytda Romano «Bavariya» boshqaruv kengashi a’zosi Uli Xyonessning shu yilning may oyida aytgan so‘zlarini ham eslatib o‘tdi. O‘shanda Xyoness klub Oliseni hatto 200 million yevro evaziga ham sotmasligini ta’kidlagan edi.
Maykl Olise hozirda 24 yoshda. U 2025/2026 yilgi mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













