“Manchester Yunayted”, “Fiorentina” va “Vilyarreal”ning sobiq hujumchisi Juzeppe Rossi katta ehtimol bilan faoliyatini MLSda davom ettiradi.
32 yoshli futbolchi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Rossining oxirgi klubi “Jenoa” hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tish joiz, yanvar oyida italiyalik futbolchi “MYU” bilan mashg‘ulot o‘tadi.