Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Davron Fayziyev: «Dinamo» - «Nasaf» o‘yini Samarqandda katta futbol bayrami bo‘ladi»

Davron Fayziyev: «Dinamo» - «Nasaf» o‘yini Samarqandda katta futbol bayrami bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Barchamiz intiqlik bilan kutayotgan damlar yetib kelmoqda. Yana bahor, yana futbol. Keyingi haftadan PEPSI Superliga-2019 bahslari start oladi. Shiddat va’da qilayotgan o‘yinlar oldidan yaqinda PEPSI Superliga ishtirokchisiga aylangan “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyevning fikrlari bilan qiziqdik.

“Avvalambor, barchani bahorning kirib kelishi bilan tabriklayman. Bahoriy kayfiyat barchamizni yil davomida tark etmasin. Bahor bu nafaqat, ayollar bayrami yoki Navro‘z, balki futbol bayramining ham boshlanishidir.

Oldindan bizni juda qiziqarli mavsum kutib turibdi. PEPSI Superliga ishtirokchisiga aylanganimiz futbolsevar Samarqand xalqi uchun bahoriy bayramlar oldidan kutilmagan xushxabar bo‘ldi. Biz yil boshidan buyon jamoamiz bilan puxta tayyorgarlik ko‘rishga kirishganmiz. “Dinamo” PEPSI Superligada ham munosib bo‘lishga intiladi. Avvaldan oldimizga PEPSI Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Endi munosib bo‘lish uchun 10 kun vaqt qolgan bo‘lsada, biz bor imkoniyatimizni ishga solib tayyorgarlik ko‘rayapmiz.

Mavsumni qo‘shnilarimiz Qashqadaryoning “Nasaf” klubiga qarshi bahs bilan boshlaymiz. “Dinamo” – “Nasaf” o‘yini Samarqandda katta futbol bayrami bo‘ladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bahs doim qiziqarli kechgan. 1-turdagi raqibimiz “Nasaf” haqida faqat iliq fikrlarni aytish mumkin. Ular har qanday tarkibda bo‘lishmasin, o‘z uslublariga ega jamoadir.

Qisqa vaqt qolgan bo‘lsa-da, men bunday sinovlarga oldin ham tushganman, shu bois bu safar ham tayyorman. Yigitlarimizga ishonayapman. “Dinamo” bitta katta oilaga aylangan. Bizning eng katta kuchimiz birdamligimizda. Bilasiz, bizning minglab muxlislarimiz bor. Yangi mavsumda ham bizni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab tursalar, biz ham ishonchni oqlab, PEPSI Superligada uyaltirmaymiz” – deydi “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziyev.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:18, 01.03.2019.
O'qildi: 3719 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик