Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ko‘rkam va haybatli bo‘lsada, tashlandiqqa aylangan stadionlar top-5

Ko‘rkam va haybatli bo‘lsada, tashlandiqqa aylangan stadionlar top-5

Baho:
+1 | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbol stadionlari bu-futbol olamning ajralmas bir bo‘lagi. Yer yuzining istalgan shahriga borsangiz, albatta, stadionlarga duch kelasiz. Shunga qaramay, sayyoramizda shunday stadionlar mavjud-ki, ularning ko‘rinishi ko‘ngilni hijil qiladi…

Silver Dovn

1994-yilda o‘tkazilgan Mundial uchun qurilgan stadion o‘z davrida juda mashhur edi.  Pontiyak shahrida joylashgan arena o‘z bag‘riga naqd 80 ming muxlisni bemalol sig‘dira oladi.

Eng achinarlisi shundaki, bu stadionning tashqi ko‘rinishi va dizayni zamonaviy stadionlardan sira qolishmaydi.  Afsuski, bir necha yillardan beri shunday ko‘rkam stadion achinarli ko‘rinishga kelib qoldi.

Marakano

Ko‘pchilik ushbu stadionning reytingimizdan joy olganidan hayratda qolgan bo‘lsa, ajab emas. Boy tarixga ega stadion JCH dan so‘ng davlat tomonidan moliyalashtirilmay qo‘yildi.

Braziliya iqtisodi futboli singari yetuk bo‘lmagani sababli, bunday stadionlarni yuqori formada ushlab turish uchun ketadigan summani to‘lab bera olmadi. Afsuski, 3 yil ichida stadionning holati ancha yomonlashdi. Shu ketishda bo‘lsa, tez orada bu stadionni taniy olmay qolamiz, shekilli!

Don Velli

Angliyaning kichik shaharlaridan birida joylashgan stadion 1945-yilda qurib bitirilgan. U o‘z vaqtida bir nechta klublarga uy stadioni sifatida munoisib hizmat ko‘rsatgan, ammo vaqt o‘tishi bilan bu shaharda futbol jamoalarining barchasi bankrot holatiga kelib qoldi.

Oqibatda, stadion rahbariyati uni sotishga kirishdi, ammo bir necha yildan beri bu stadionni hech kim sotib olishni xohlamadi va oxir -oqibat vayronaga aylandi…

Malyorka

Malyorka klubining sobiq uy stadioni o‘z bag‘riga 20 000 ming muxlisni sig‘dira oladigan ko‘rkam arena edi. «Malyorka» klubining qarzdorlik bilan muammolari paydo bo‘lgach, klub stadionni topshirishga majbur bo‘ladi. To‘g‘ri, keyinchalik klub qarzlardan qutildi va yangi stadionda o‘z o‘yinlarini o‘tkaza boshladi. Oqibatda, Ispaniyadagi eng qadimiy stadionlardan biri egasiz qolib ketdi va shunchaki qo‘rqinchili ko‘rinishga kelib qoldi.

Xozirda hech qaysi investor bu kichik shahachadagi stadionni sotib olishni istamayapti. Afsus, yana bir tarixiy arena yo‘qlikka mahkum!

Zalujanka

Chexiyaning qadimiy Bruno shahrida joylashgan arena 1953-yilda barpo etilgan. U o‘z bag‘riga naqd 60 ming muxlisni sig‘dira olar edi. Vaqtida bu stadionda terma jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazgan.  Ushbu stadionni sotib olgan investorlar uni qayta rekonstruksiya qilish juda qimmatga tushishi sababli qurilishni to‘xtatishdi.

Oqibatda, klassik stadionlar orasida eng mashhuri bo‘lgan Zalujanka, shunchaki, harobaga aylandi. Uning yuqori qismidagi tribunalari olib tashlandi. Endilikda bu stadiondan qanday foydalanish mumkinligi haqida bosh qotirishmoqda.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:23, 02.03.2019.
O'qildi: 12173 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.