Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Jismoniy tarbiya va sport universitetida Ravshan Ermatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jismoniy tarbiya va sport universitetida Ravshan Ermatov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida avval xabar berib o‘tgandik.   Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi va murabbiyligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlar va iste’dodli murabbiylarni tayyorlashdan iborat.    Bugun O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov, uning yordamchisi Abduhamidullo Rasulov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboyev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov hakamlik kasbining o‘ziga xos tomonlari haqida gapirib berdi. Hakamlik bilan shug‘ullanishni istagan talabalar qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar orasida hakamlik uchun nomzodlarni tanlab olishda e’tibor qaratiladigan mezonlar haqida tushuntirish berib o‘tildi.  

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Ravshan Ermatovga murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.


Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:05, 02.03.2019.
O'qildi: 2143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.