Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

«Real» «o‘lik»mi? Valverde javob berdi

«Real» «o‘lik»mi? Valverde javob berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya La ligasining 26-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Ikki yildan beri chempionatda raqiblardan katta farq bilan oldinga o‘tib ketyapmiz. Vaqti kelib buni qadriga yetishadi. Lekin oldimizda hali olis yo‘l turibdi.

— «Real» «o‘lik»mi?
— Ular ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozonishlari mumkin. Shuningdek, «Atletiko» ham bor. Agar bu jamoalarni hisobdan chiqarib yuborsak, yutqazishni boshlashimiz mumkin.

90 daqiqa davom etgan jangdan keyin, balki biz qanday natijaga erishganimizni yaxshi anglay olmayotgan bo‘lishimiz mumkin. Ammo muxlislarimiz xursand.

Uch kun avvalgi o‘yinda o‘yinni nazorat qilishga harakat qilgandik, ammo o‘shanda o‘yinimiz u qadar yuqori darajada bo‘lmagandik. Bugun esa yaxshiroq o‘ynadik.

Agar ikkinchi golni urib olganimizda, o‘yin so‘ngidagi bosimni yo‘qqa chiqargan bo‘lardik. Lekin biz raqibga imkon qoldirdik. Pike to‘pni egallab, darvozamiz tomon yura boshlaganida... Juda xavotir oldik.

— Messi haqida nima deya olasiz?
— Uning holati yaxshi. U barcha futbolchilar kabi qattiq harakat qildik. Messi — o‘zga sayyoralik. Har safar u to‘p bilan harakatlana boshlaganida, qandaydir xavfli vaziyat yuzaga keladi.

— Rakitich haqida fikringiz qanday?
— Ivan o‘yin boshidan — oxirigacha, mavsum boshidan — oxirigacha barqaror o‘yin namoyish qiladi. U juda qadrli futbolchi.

— Muxlislar oldida reytingingiz oshdimi?
— Bilmadim. Men faqat jamoam yaxshi o‘ynashi va g‘alaba qozonishi haqida bosh qotiraman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:15, 03.03.2019.
O'qildi: 18208 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик