Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Roberto Firmino: «Yordamim tegsa, darvozada ham turaveraman»

Roberto Firmino: «Yordamim tegsa, darvozada ham turaveraman»

Baho:
+ | -

«Liverpul» futbolchisi Roberto Firmino boshqa hujumchilarga o‘xshamaydi. 2015 yili APLga o‘tganidayoq, bu narsa ma’lum bo‘lgandi. Uning to‘purarlik qobiliyatiga shubha qilmasa ham bo‘laveradi. Braziliyalik forvard o‘tgan mavsum 54 uchrashuvda 24ta gol urdi. Lekin bu raqamlar bilan uning qanchalik foydali o‘yinchi ekanligini bilib bo‘lmaydi. Yurgen Klopp Robertoni «Jamoa motori» deydi. Muhammad Saloh va Sadio Mane uning oldida o‘zlarini qanday tutayotganliklarini ko‘rish kifoya. U bilan gaplashsangiz, bitta tanada ikki xil futbolchi yashayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bir qarashda u sokin. Po‘rim kiyim va tabassumi esa uning kamtar emasligini ko‘rsatib turadi. Firmino kamtarona jamoadagi o‘z rolini yaratmoqda.

«Jamoada «yolg‘on to‘qqizlik» yoki markaziy hujumchi vazifasini bajaraman. Lekin menga gol urish yoki uning amalga oshirilishida yordam berish yoqadi. Aynan shundan rohatlanaman», - deydi qahramonimiz.

«Liverpul» muxlislari uning o‘yinlaridan rohat olishlariga shubha yo‘q. Roberto batareyasi o‘lmaydigan o‘yinchoqqa o‘xshab, haftasiga ikki marta 90 daqiqadan harakatlangani uchun jamoa fanatlarining yoqimto­yiga aylangan.

«Darvozaga qaramasdan urgan birinchi golimni «Xoffenxaym»da nishonlaganman. O‘shanda «Verder»ga qarshi o‘ynagandik. Darvozabonni aldab o‘tdim va boshimni qayirib oldim. G‘oya yo‘q yerdan paydo bo‘lgandi. To‘g‘ri, bu xavfli va gol urolmasligingiz mumkin. Lekin imkoniyat tug‘iladigan bo‘lsa, undan unumli foydalanish payida bo‘laman», - deydi Firmino. Bu esa futbolchining maydondagi o‘yindan lazzat olishga urinayotganini ko‘rsatadi.

«Mening kumirim - Ronaldinyo. Bir paytlari u ajoyib harakatlari bilan futbolga sehr olib kirgan. Aynan undan o‘rnak olishga intilaman», - deya Ronaldinyoning o‘yinidan zavq olishini yashirmaydi.

Hammasi erta boshlangan. Firminolar oilasi qashshoq hayot kechirgan. Otasi Maseyo ko‘chalarida ravada ichimliklari sotib tirikchilik qilgan. Lekin kichkina Robertoning hamisha to‘pi bo‘lgan. Hattoki yotog‘ida ham.

«Hamisha to‘p bilan birga uxlardim. Buning ahamiyati bormi, bilmadim. Lekin hamisha futbolchi bo‘lishni orzu qilganman. Faoliyatimni tayanch yarim himoyasida boshlaganman. O‘smirlar jamoasiga o‘tganimdan keyin esa hujumkor yarim himoyachiga aylanganman», - deb eslaydi Firmino.

Bu ko‘p narsani anglatadi. O‘tgan yillarda uning pozisiyasi o‘zgarib turdi. Lekin hujumlarni buzish istagidan voz kecha olmagan. O‘tgan mavsum Firmino «Liverpul»da 65 marta raqiblardan to‘pni olib qo‘ygan. Hujumchilardan faqat Emre Jan undan ko‘p raqib hujumini buzgan. Agar yarim himoyachilardan biri jarohat olsa, u muammosiz shu o‘rinni to‘ldirishi mumkin. «Agar yordamim tegsa, darvozada turishga ham tayyorman», - deydi u.

Firmino 16 yoshida uyidan 3000 km. uzoqlikda joylashgan «Figeyrense» klubiga yo‘l oldi. «Dastlabki kuni ertalab fitnes-mashg‘ulot o‘tkazdik. Men unda yaxshi qatnashdim. Tushlikdan so‘ng o‘yin o‘tkazdik. Birinchi kuniyoq qaychi usulida ikkita gol urdim. Murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirgan ekanman, ertasiga qabul qilishganini bildim», - deya eslaydi Roberto.

«Figeyrense» U-17 jamoasi ustozi Emerson Mariya uni «fenomen» deb atagandi. Shuningdek, Alberto Firmino degan. Roberto esa murabbiyning so‘zini bo‘lmaslik uchun haqiqiy ismini aytishga uyalgan. «Yaqinda o‘sha voqea esimga tushib qoldi. Juda yuvosh va tortinchoq edim. Shu bois ham uning so‘zlarini to‘g‘rilashga uyalganman. Dastlabki ikki hafta Alberto bo‘lganman. Murabbiy esa haqiqiy ismimni bilganidan so‘ng «Nimaga ertaroq aytmading?» deb koyigandi», - deydi Firmino.

Faoliyatidagi keyingi chaqiruv og‘ir bo‘lgandi. 2009 yili Kopinyedagi turnirda uning o‘yinini ko‘rgan skautlar «Marsel»ga tavsiya qilishgan. Yevropaga yo‘l olgan Roberto Madriddagi «Baraxas» aeroportida qiyin ahvolga tushib qolgan: immigrasion hujjatlari bo‘lmagan. «Figeyrense»ga bir necha bor qo‘n­g‘iroq qilganidan so‘ng ispaniyalik bojxonachilar uni Braziliyaga qaytarib yuborishgandi. «Menga bir agent murojaat qilib, Fransiyaga olib borishini aytdi. Lekin immigrasion xizmatda noqulay vaziyatga tushib, ortga qaytishga majbur bo‘lganman. Bu men uchun kutilmagan edi. Ular ispan tilida gapirishgan va nima deyishganini tushunmaganman. Bola edim. Esimda, rosa yig‘lagandim», - deb eslaydi qahramonimiz.

Nihoyat, 2011 yili uni «Xoffenxaym» 4 million yevro evaziga sotib olib, uch yildan so‘ng «Liverpul»ga 35 millionga pulladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:05, 06.03.2019.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.