“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordning PSJ darvozasiga amalga oshirgan penaltisi “qizil iblislar”ni chorak finalga olib chiqdi.
Angliyalik 21 yoshli futbolchi o‘yinning 92-daqiqasida hal qiluvchi penaltini Buffon qo‘riqlayotgan darvozaga aniq yo‘lladi.
Gap shundaki, ushbu penalti Reshfordning “MYU” ishtirok etgan rasmiy o‘yinlaridagi birinchi bo‘ldi.
Markus Reshford “Manchester Yunayted” tarkibida 4 mavsumdan beri faoliyat ko‘rsatmoqda.