Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Isroil Madrimov: «Maqsadim jiddiy»

Isroil Madrimov: «Maqsadim jiddiy»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov 9 mart kuni AQSHning Nyu-York shahrida o‘zining ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi o‘tkazadi. MOQ matbuot va media departamenti jang arafasida Isroil bilan bog‘landi. O‘z navbatida, bokschimiz bo‘lajak bahs haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Maqsadim jiddiy. Buni birinchi jangning o‘zidayoq kamar uchun ringga chiqib ko‘rsatgan edim. Endi uni himoya qilib, o‘z yo‘nalishimning asosiy kamariga ega chiqmoqchiman. Buning uchun yanada jiddiy raqiblar tanlash kerak. Bu, avvalo, katta tajriba orttirishga yordam beradi. Shu bois ham mana shu venesuelalik raqibni tanladik. Uning statistikalariga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz, 24 g‘alabadan 23 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan va 2 bor mag‘lub bo‘lgan. Shuning uchun mazkur raqibda to‘xtaldik. Bo‘lajak bahsda g‘alaba qozonib, uni barcha ayollarimizga, avvalo, onamga bag‘ishlamoqchiman”, – deydi Isroil Madrimov.

Shu o‘rinda biz ham bokschimizga bo‘lajak bahsda omad tilaymiz. Ta’kidlash joiz, bahs mahalliy vaqt bilan 9 mart sanasiga belgilangan bo‘lsa-da, Toshkent vaqti bilan 10 mart kuni ertalabga to‘g‘ri keladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:14, 07.03.2019.
O'qildi: 5388 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.