“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Aleks Oksleyd-CHemberlenning hozirgi holati haqida ma’lumot berdi.
“Biz Oksga biroz imkoniyat bermoqchimiz. U mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etmoqda lekin, mashg‘ulot bilan o‘yin boshqa-boshqa olam”, - deydi Klopp.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi jiddiy jarohat olganligi tufayli 2018 yilning aprel oyidan beri maydonga tushmayapti.