Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

21-asrda tug‘ilgan yulduzlar

21-asrda tug‘ilgan yulduzlar

Baho:
+2 | -
Bo'lim:

Yosh bo‘lishiga qaramasdan dunyoni o‘ziga qaratgan, aniqrog‘I  2000- yil va undan keyinroq tug‘ilgan  futbol yulduzlari bilan tanishishing. Hademay futbol taxtiga ulardan biri o‘tiradi.

Fil Foden

«Manchester Siti» klubining yosh iqtidori xozirning o‘zidayoq 15 million yevrodan balandroq baholanmoqda. Gvardiola esa, Sane ,Sterling, Mahrez singari super yulduzlar bo‘lishiga qaramasdan, uni tez-tez maydonga tushirmoqda. Uning kelagi porloq, ammo keljak uchun ancha mehnat qilishi talab etiladi. 18 yoshidiyoq Gvardiolaning e’tiboriga tushgan yigitchaning keyingi ishlarida omad tilab qolamiz

Paulino

«Bayer» klubining kelajagi deya baholaniyotgan iqtidorli hujumkor futbolchi «Vasko da Gama» safida ilk uchrashuvidayoq golli pas berishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi uchrashuvda esa «Atletiko Minero» darvozasiga ikki bor yo‘l topgan 17 yoshlik futbolchining huquqlarini «Bayer» o‘ylab o‘tirmay 18 millionga sotib oldi. Hozirda braziliyalik yarim himoyachining transfermarketdagi narhi 25 milliondan oshib ketdi.

Piyetro Pellegri

Pellegri bu ro‘yhatdagi eng yosh futbolchi. U 16 yoshga to‘lgan chog‘idayoq o‘yinlari bilan Yevropada ancha shov-shuv ko‘targan edi. «Monako» esa o‘spirin uchun «Jenoa»ga 21 million to‘lagan va o‘z klubiga qo‘shib olgan edi. Hozirda qahramonimizning transfermarketdagi narhi 28 million deya baholanmoqda. U klassik hujumchilar sirasiga kiruvchi futbolchi. U o‘yinlarda ortiqcha fint yoki dribbling ishlatmaydi, shunchaki gol uradi, xolos. Aynan shu xislati uchun uning «sovchilari» hozirga qadar «Monako»ni tinch qo‘yishmayapti

Rayan Sessenion

«Fulhem» klubining hujumkor yarim himoya va himoyadagi pozisiyalarida harakat qiluvchi fubolchi o‘zining tezligi va texnikasi bilan «Chempionship»dagi o‘yinlarda nom qozongan edi. APL dagi o‘yinlarda esa uning ishlari biroz yurishmayapti. Shunga qaramsdan, uning iqtidoriga hech kimda shubha yo‘q. Futbolchi hujumda qanday foydali harakatlansa, himoyada ham ishonchli o‘ynay oladi. Uning o‘yinlari Eshli Koul yoki Glen Jonsonlarnikiga o‘xshash. Ajoyib tezlikka ega futbolchi bu mavsumda o‘zini u qadar ko‘rsata olmayotgan bo‘lsada, uning keljagi porloq ekanligi aniq!

Vinisius Junior va Jeydon Sancho haqida alohida maqola yozganimiz uchun ularni bu futbolchilar safiga qo‘shib o‘tirmadik. Umid qilamizki, bu futbolchilar kelajakda o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolishmaydi va biz kutgandek mashhur futbolchilar bo‘lib yetishadi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:11, 08.03.2019.
O'qildi: 5910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.