Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Arteta davrining yakuni: «Arsenal» murabbiyligiga to‘rt nomzod

Arteta davrining yakuni: «Arsenal» murabbiyligiga to‘rt nomzod

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi 2019 yildan beri murabbiylar shtabida o‘zgarishlarni amalga oshirmadi, biroq so‘nggi paytlarda Mikel Artetaning ehtimoliy iste’fosi haqida faol mish-mishlar yuribdi. Aytishlaricha, agar «kanonirlar» yana chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmasalar, mavsum yakunida murabbiy ishdan bo‘shatiladi. «Stadion.uz» ispaniyalik mutaxassis o‘rnini kimlar egallashi mumkinligi haqida mulohaza yuritadi.

Xabi Alonso

Agar Alonso Madridning «Real» klubida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, bu uning boshqa klublarda ham ishi yurishmaydi degani emas. «Arsenal» ispaniyalik uchun «Real»dan ko‘ra ko‘proq mos keladigan loyihadek ko‘rinmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, «qirollik klubi»da taktik moslashuvchanlikdan ko‘ra ko‘proq tajriba, xarizma va nufuz muhimroq rol o‘ynaydi. «Arsenal» esa aynan uslub va intizom haqidagi klubdir. Bundan tashqari, Alonsoning Leverkuzenning «Bayer»idagi ajoyib ishi hali ham yodimizda — o‘shanda nemis jamoasi butun mavsum davomida faqat bir marta mag‘lubiyatga uchragan edi.

Sesk Fabregas

38 yoshli ispaniyalik Yevropa maydonlaridagi eng istiqbolli murabbiylardan biri hisoblanadi. Fabregas qo‘l ostida Italiyaning «Komo» klubi yildan-yilga yangi bosqichga chiqmoqda. O‘tgan mavsum «Komo» uchun elit divizionga qaytganidan keyingi birinchi mavsum bo‘lgan bo‘lsa, hozirda jamoa yevrokuboklarga yo‘llanma olish uchun faol kurashmoqda. Fabregasga «Barselona» allaqachon ko‘z tikkan. Biroq, Fabregas faoliyatining katta qismini «Arsenal»da o‘tkazgan, shu sababli uning ingliz grandiga tayinlanishi mantiqiy qadam bo‘lishi mumkin.

Vensan Kompani

«Kanonirlar» uchun yana bir qiziqarli variant. 39 yoshli Kompani «Bavariya»da atigi ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, hozirning o‘zidayoq nemis grandi Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri sanaladi. Agar sizda belgiyalikning Myunxendagi muvaffaqiyatli ishiga nisbatan shubha bo‘lsa, Tomas Tuxelning yaqindagi tajribasini eslatish kifoya. Demak, har kim ham bunday katta klub bilan natijaga erisha olmaydi. Kompani Gvardiolaga o‘rinbosar qidirayotgan «Manchester Siti»ning ham e’tiborida turibdi, ammo nega «kanonirlar» bu ambisiyali murabbiy uchun harakat qilmasligi kerak?

Antonio Konte

«Arsenal» Artetani ishdan bo‘shatmoqchi bo‘layotganining asosiy sababi — chempionlikning yo‘qligi. Klub APLdagi uchta kumush, ikkita Kubok va ikkita Angliya Superkubogini yetarli ko‘rsatkich emas deb hisoblaydi. Va agar «kanonirlar»ga «shu yerda va hozir» chempionlik kerak bo‘lsa, Antonio Konte buning uchun ideal variant. Italiyalik mutaxassis deyarli barcha klublarda birinchi mavsumdayoq natija beradi, muammolar esa keyinroq boshlanadi. Og‘ir xarakter murabbiyga rahbariyat bilan til topishishga xalaqit beradi, lekin takrorlaymiz: agar «Arsenal»ga faqatgina sovrin kerak bo‘lsa, Konte — ajoyib nomzod.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:05, 19.02.2026.
O'qildi: 7361 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.