Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Tezkor xabar! O‘zbekiston 2021 yilgi o‘smirlar jahon chempionatini qabul qiladi

Tezkor xabar! O‘zbekiston 2021 yilgi o‘smirlar jahon chempionatini qabul qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar
Biz 8-15 mart kunlari Las-Vegasda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tishi haqida avval xabar bergan edik.

Shu kunlarda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining yana bir qator tadbirlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilot ijroiya qo‘mitasi majlisida ushbu sport turini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi, navbatdagi yirik nufuzli musobaqalar qayerda o‘tkazilishiga aniqlik kiritildi.

Ijroqo‘m majlisi ishtirokchilari 2021 yilgi o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatini o‘tkazishga da’vogarlik qilgan mamlakatimiz taqdimotini ko‘tarinki kayfiyatda ko‘rib chiqishdi. Taqdimot yakunlangach birorta savolga hojat qolmagani diqqatga sazovor. Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Tamash Ayan 2018 yilgi yoshlar o‘rtasida jahon chempionati Toshkentda yuksak saviyada o‘tkazilgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik izhor qildi va mamlakatimizda yirik nufuzli musobaqalarni o‘tkazish borasida katta tajriba to‘planganini ta’kidladi. Dunyo og‘ir atletikasi rahbarini ijroqo‘m majlisigaturli qit’alardan tashrif buyurgan mutaxassislar faol qo‘llab-quvvatlashdi.

Shu tariqa, 2021 yil aprel oyida Toshkent o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionatini qabul qiladigan bo‘ldi.

- Ushbu musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki turnir g‘olib va sovrindorlari medallar bilan birga navbatdagi IV o‘smirlar olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar bilan ham mukofotlanadi. Turli milliy federasiyalarda ishlayotgan hamkasblarimiz Toshkentdagi chempionatning ana shu jihatiga alohida e’tibor qaratishgani bejiz emas. O‘tgan yili mamlakatimiz bahorda Urganchda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatini, yozda Toshkentda yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini yuksak saviyada tashkil qilishga erishdi. Biz jahon og‘ir atletika hamjamiyati ishonchini oqlash uchun barcha choralarni ko‘ramiz. Shuningdek, uydagi musobaqada munosib qatanasha oladigan jangovar tarkibni shakllantirishga harakat qilamiz, – dedi O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, xalqaro og‘ir atletika federasiyasi ijroqo‘mi a’zosi Shahrillo Mahmudov.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng diyorimiz kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini ham qabul qilish huquqiga erishsa ayni muddao bo‘ladi.

Mirzahakim To‘xtamirzayev,

Las-Vegas, AQSH

Manba: Olamsport
Kiritildi: 23:54, 09.03.2019.
O'qildi: 8566 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.