Marokashda dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari davom etmoqda. Biroz avval og‘ir vazn toifasida final blokida kurashuvchi polvonlar nomi aniqlab olindi.
Unga ko‘ra, -100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Muhammadkarim Xurramov bronza medali uchun tatamiga chiqadigan bo‘ldi. Vakilimiz murosasiz kechgan chorak final bahsida belgiyalik Toma Nikiforovga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, bronza medali uchun o‘tish bellashuvida kanadalik raqibini mag‘lub etdi. Yurtdoshimiz endi estonliyalik Grigori Minaskinni dog‘da qoldira olsa, sovrindorlar qatoridan joy oladi.